Tezkor
•Surxondaryo maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis faoliyat yuritmoqda•London universitetiga kirgan o'quvchi va uning 13 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlari•Nazarbayev Universiteti O'zbekistonlik yoshlar uchun qanday ta'lim imkoniyatlarini taqdim etadi?•O'zbekistonlik o'quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida 12 ta medalni qo'lga kiritdi•Xalqaro Nordik universiteti va Jurnalistlar uyushmasi hamkorlik bitimini imzoladi•Surxondaryoda maktab o'quvchilarining O'quvchilar kengashi koordinatorlari saylandi•Surxondaryoda o'tkazilgan kitobxonlik tanlovlarida 190 ming nafarga yaqin o'quvchi qatnashdi•Andijon texnikumida xotin-qizlarni kasb-hunarga o'qitish va bandligini ta'minlashga e'tibor qaratilmoqda•Buxoro maktabida inklyuziv ta'lim qanday natija bermoqda?•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Surxondaryo maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis faoliyat yuritmoqda•London universitetiga kirgan o'quvchi va uning 13 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlari•Nazarbayev Universiteti O'zbekistonlik yoshlar uchun qanday ta'lim imkoniyatlarini taqdim etadi?•O'zbekistonlik o'quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida 12 ta medalni qo'lga kiritdi•Xalqaro Nordik universiteti va Jurnalistlar uyushmasi hamkorlik bitimini imzoladi•Surxondaryoda maktab o'quvchilarining O'quvchilar kengashi koordinatorlari saylandi•Surxondaryoda o'tkazilgan kitobxonlik tanlovlarida 190 ming nafarga yaqin o'quvchi qatnashdi•Andijon texnikumida xotin-qizlarni kasb-hunarga o'qitish va bandligini ta'minlashga e'tibor qaratilmoqda•Buxoro maktabida inklyuziv ta'lim qanday natija bermoqda?•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi

Surxondaryo maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta'lim maktablarida zamonaviy ta'lim sifatini oshirish maqsadida 56 nafar xorijiy mutaxassis pedagogik faoliyat olib bormoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Surxondaryo viloyatida umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish, o'quv jarayoniga ilg'or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda o'quvchilarning zamonaviy bilim va ko'nikmalarni egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayni paytda viloyatdagi umumta'lim maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis pedagogik faoliyat olib bormoqda. Ular o'quvchilarga zamonaviy ta'lim usullari asosida saboq berish bilan birga, mahalliy o'qituvchilar bilan o'zaro tajriba almashmoqda.

Mazkur ishlar Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 28-avgust kuni o'tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Xususan, yig'ilishning 28-sonli bayoni 14.2-bandiga muvofiq, 2024/2025 o'quv yilidan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda mamlakatimiz ta'lim muassasalariga 1 ming 500 nafar xorijiy mutaxassisni jalb etish vazifasi belgilangan.

Xorijiy pedagoglarning o'rni va tajriba almashish

Reklama

Surxondaryo viloyati maktablarida xorijiy pedagoglarning faoliyat yuritayotgani ushbu tashabbusning amaliy ifodasidir. Ular tomonidan qo'llanilayotgan ilg'or o'qitish uslublari dars mashg'ulotlarini yanada mazmunli tashkil etish, o'quvchilarning bilimga qiziqishini oshirish va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlik mahalliy pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, xalqaro ta'lim tajribasini o'rganish hamda ta'lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi