Nazarbayev Universiteti O'zbekistonlik yoshlar uchun qanday ta'lim imkoniyatlarini taqdim etadi?
Nazarbayev Universiteti MDH oliygohlari orasida yetakchi bo'lib, o'zbekistonlik talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Qozoq poytaxti Ostonadagi Nazarbayev University Times Higher Education World University Rankings 2027 reytingida MDH davlatlari OTMlari orasida peshqadam bo'ldi. Bu maskan ingliz tilida ta'lim olish, ilg'or ilmiy jihozlardan foydalanish va moliyaviy ko'mak dasturlarida qatnashish uchun sharoit yaratadi. Oliyoh ma'lumotlariga ko'ra, uning bitiruvchilarini ishga joylashish ko'rsatkichi 95 foizdan yuqori bo'lib, ular Google, Microsoft, Amazon va Meta kabi yirik xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritmoqda. ## Xalqaro darajadagi imkoniyatlar va ilm-fan Tahsil olish jarayonida ilmiy tadqiqotlarda qatnashish, xalqaro muhitda bo'lish va o'z loyihalarini rivojlantirish yoshlarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi. Ayrim bitiruvchilar o'qishni chet elda davom ettirib, Ayvi ligasi universitetlari, Stanford University, MIT, University kabi dunyoning yetakchi ilm dargohlariga grant asosida qabul qilinmoqda. ## Startaplar va tadbirkorlik ekotizimi Universitet talabalari va bitiruvchilari bilim olish bilan birga o'z texnologik loyihalarini ham rivojlantirish imkoniyatiga ega. OTM ekotizimi tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi. Jumladan, NU bilan bog'liq 18 ta startap Stanford universiteti hamjamiyati ishtirokidagi StartX akseleratsiya dasturidan muvaffaqiyatli o'tgan. Shuning misollaridan biri bozor qiymati 5,4 milliard dollarga baholangan Qozoqning ilk texnologik yakkashoxi Higgsfield AI startapi bo'lib, uning jamoasining 90 foizini aynan shu universitet talabalari va bitiruvchilari tashkil etadi.
Manba: Kun.uz


