Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijon davlat chet tillari institutida “Talabalar bahori” festivali tashkil etildi

Andijon davlat chet tillari institutida “Talabalar bahori” festivali doirasida turli tanlovlar, sport musobaqalari va uchrashuvlar o'tkazildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Andijon davlat chet tillari institutida “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Talabalar bahori” festivali bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning iqtidor va iste'dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida tashkil etildi.

Festivalning ochilish marosimida institut rektori, professor Dilshodbek Rustamov va boshqalar so'zga chiqib, yurtimiz yoshlariga yaratilayotgan keng imkoniyatlarni alohida ta'kidladilar. Tadbirlar “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, podpolkovnik Jonibek Davronov ishtirokidagi muloqot bilan boshlandi. Muloqot davomida talabalar o'z salohiyatlarini namoyish etishlari uchun imkoniyatlardan unumli foydalanishlari muhimligi qayd etilib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tanlovlar va sport bellashuvlari

Institut hududlarida talaba yigit-qizlar o'rtasida turli bellashuvlar uyushtirildi. Jumladan:

  • Oshpazlik yo'nalishida osh tayyorlash;
  • Qizlar o'rtasida bahoriy salatlar tayyorlash va soch turmaklash tanlovlari;
  • “Ranglarda bahor tasviri” mavzusida tabiat va yurtimizning obod go'shalari aks etgan rasmlar ko'rgazmasi.

Shuningdek, sport va salomatlikni targ'ib qilish maqsadida fakultetlar jamoalari o'rtasida arqon tortish, tosh ko'tarish va kuch sinashish kabi milliy o'yinlar tashkil etildi. Sahnada iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan qo'shiqlar, raqslar va mushoiralar tadfa ko'tarinkilik bag'ishladi.

Tadbir taassurotlari haqida fikr bildirar ekan, institutning 1-bosqich talabasi Husnida Abdulboqiyeva festival yoshlarga shijoat va motivatsiya berib, ularni puxta bilim olishga undaganini ta'kidladi.

G'oliblarni taqdirlash

Festival yakunida barcha yo'nalishlardagi tanlovlar va sport musobaqalarining g'olib hamda sovrindorlari, shuningdek, faol ishtirokchilar institut rektorati tomonidan diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi