Tezkor
•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi

Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Islom sivilizatsiyasi markazida Toshkent islom institutining 55 yilligiga bagishlangan respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligi munosabati bilan "Dolzarb aqidaviy va zamonaviy fiqhiy masalalar" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo'yicha qo'mita, Islom sivilizatsiyasi markazi, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, diniy ta'lim muassasalari rahbarlari, ulamolar, professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar va imom-xatiblar qatnashdi. Anjumanda mamlakatimizda diniy ta'lim va ilm-fan rivoji, boy ilmiy-ma'naviy merosni o'rganish, malakali diniy kadrlar tayyorlash hamda zamonaviy aqidaviy va fiqhiy masalalarga ilmiy asoslangan yechimlar topish vazifalari muhokama qilindi.

Institut tarixi va bugungi salohiyati

Ma'lum qilinishicha, muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon tashabbusi bilan 1971-yil 1-noyabrda tashkil etilgan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti o'tgan 55 yil mobaynida mamlakat diniy-ma'rifiy hayotida muhim o'rin egalladi. Bu dargohda ko'plab yetuk ulamolar, diniy soha mutaxassislari va ilmiy kadrlar tayyorlab chiqarildi.

Hozirgi kunda ta'lim maskanida 4 ta kafedra faoliyat yuritib, o'quv jarayoniga 110 nafar professor-o'qituvchi jalb qilingan. Shuningdek, institut tarixida ilk bor joriy yilda 10 nafar magistratura bitiruvchisi tayyorlangani alohida qayd etildi.

Ilmiy anjuman yo'nalishlari va taqdirlash marosimi

Tadbirning yalpi majlisida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Toshkent islom instituti rektori Uyg'un G'afurov, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining birinchi o'rinbosari Davronbek Maxsudov va Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqovlar so'zga chiqdi. Shundan so'ng anjuman "Dolzarb aqidaviy masalalar va ularning ilmiy yechimlari" hamda "Zamonaviy fiqhiy masalalar: yangi muammolar va amaliy yechimlar" mavzularidagi ikki shu'bada o'z ishini davom ettirdi.

Anjuman doirasida institutning 55 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan maqolalar tanlovi g'oliblari hamda Rossiyaning Qozon shahrida o'tkazilgan IV xalqaro olimpiadada sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan talabalar taqdirlandi. Diniy ta'lim hamda ilm-fan rivojiga munosib hissa qo'shgan bir guruh ustozlarga "Faxriy professor" unvoni berildi. Yakunda dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilib, sara maqolalarni maxsus to'plam holida nashr etishga kelishib olindi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi