Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoro davlat universitetida fan olimpiadasi g'oliblari imtiyozli qabul qilinadi

Buxoro davlat universitetida o'tkazilgan fan olimpiadasi g'oliblari 2026/2027 o'quv yilida imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinadi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Buxoro davlat universitetida maktablarning 11-sinf o'quvchilari va akademik litsey bitiruvchilari o'rtasida ko'p bosqichli fan olimpiadasining yakuniy bosqichi o'tkazildi. Bellashuv matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo'yicha tashkil etildi.

Tadbirda o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustam Jumayev ishtirok etib, ushbu bilimlar bellashuvi ilm-fanga chanqoq, intellektual salohiyati yuqori va mustaqil fikrlaydigan yoshlarni saralashda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tdi.

Ishtirokchilar va sinov jarayonlari

Olimpiadaning viloyat bosqichida yuqori natija ko'rsatgan jami 50 nafar iqtidorli yosh yakuniy bosqichda o'z bilimini sinovdan o'tkazdi. Har bir fandan 10 nafardan o'quvchi bellashgan bo'lib, jarayonlar ikki turda tashkil etildi. Ishtirokchilar murakkab masalalar bo'yicha yozma ish, test sinovlari hamda laboratoriya mashg'ulotlarini bajarishdi.

Imtiyozlar va qabul shartlari

Nizom talablariga muvofiq, yakuniy bosqichda har bir fan bo'yicha 1, 2 va 3-o'rinlarni qo'lga kiritgan g'oliblar 2026/2027 o'quv yilida Buxoro davlat universitetiga hech qanday davlat imtihonlarisiz, imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinishi belgilandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi