Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Harbiy xizmatni o'tagan yoshlarga foizsiz ta'lim krediti va imtiyozlar beriladi

Harbiy xizmatni o'tagan va kontrakt asosida o'qishga kirgan yoshlarga foizsiz ta'lim krediti ajratiladi. Shuningdek, sertifikat xarajatlari ham qoplanadi.

TTahririyat 1 daqiqa

O'zbekistonda muddatli harbiy xizmatni o'tab qaytgan yoshlarning oliy o'quv yurtida o'qishi uchun qator imtiyozlar yaratilmoqda. Xususan, agar ular kontrakt asosida talabalikka qabul qilinsa, ularga foizsiz ta'lim krediti beriladi. Shuningdek, yoshlar oliygohda o'qishni niyat qilsa, ularning fan va xorijiy til sertifikatini olish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda 13 yanvar kuni bo'lib o'tgan Xavfsizlik kengashining yig'ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

Imtihonlar va ishga joylashishdagi imtiyozlar

Davlat rahbarining ta'kidlashicha, muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan askarlarga harbiy qismning o'zida oliy o'quv yurtiga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan askarlar xizmatni tugatgach, o'qishini boshlashlari mumkin bo'ladi.

Bundan tashqari, armiyadan qaytib davlat tashkilotlariga ishga kirishni istagan yoshlar uchun Boshqaruv samaradorligi agentligi o'tkazadigan test sinovlarida 10 foizlik imtiyoz berish amaliyoti joriy qilinadi. Xususiy sektorda faoliyat yuritishni rejalashtirganlarga esa kasb egallash va sertifikat olish xarajatlari to'lab beriladi. Prezident muddatli harbiy xizmatni o'tash yoshlar uchun muvaffaqiyat yo'liga aylanishi lozimligini alohida ta'kidladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi