Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

IIV akademiyasida masofaviy ta'lim shaklida kadrlar tayyorlash boshlandi

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida masofaviy ta'lim yo'lga qo'yilib, ilk bor 600 nafardan ziyod xodim o'qishga qabul qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarga tatbiq etilib, ta'lim jarayonlarini masofadan turib tashkil etish qulay vositaga aylanmoqda. Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ham kadrlar tayyorlashning masofaviy shakli amaliyotga joriy etildi.

Yangi tizim va zamonaviy platforma

Masofaviy ta'lim fakulteti boshlig'i, polkovnik Oybek Kamalovning so'zlariga ko'ra, mazkur yo'nalishni samarali tashkil etish uchun milliy hamda xorijiy oliy ta'lim muassasalarining ilg'or tajribalari o'rganib chiqildi. Natijada maxsus platforma yaratilib, o'quv jarayoniga tatbiq etildi.

  • Tinglovchilar platformadan kompyuter yoki mobil telefon yordamida maxsus kod va parol orqali foydalanishadi.
  • Dasturga dars jadvallari, ma'ruza va videoma'ruza materiallari, multimedia hamda elektron adabiyotlar joylashtirib boriladi.
  • Zoom dasturi orqali onlayn ma'ruzalarni tinglash va professor-o'qituvchilar bilan interfaol muloqot qilish imkoniyati yaratilgan.
  • Bilimlarni o'zlashtirish jarayoni onlayn testlar va har semestr yakunidagi nazorat imtihonlari orqali baholanadi.

Ilk tinglovchilar va kelgusidagi rejalar

Joriy yilda mazkur ta'lim shakliga ichki ishlar organlari hamda hamkor tuzilmalardan 600 nafardan ortiq xodim qabul qilindi. Ularga qisqa muddatli o'quv yig'ini doirasida darslar tashkil etilib, elms.akadmvd.uz platformasi tanishtirildi va tizimga integratsiya qilindi.

Fakultet katta o'qituvchi-metodisti Asqar Xolovning ta'kidlashicha, masofadan o'qitish vaqt va makon cheklovlarini bartaraf etib, xarajatlarni sezilarli darajada tejash imkonini beradi. Bu esa mavjud resurslarni zarur ehtiyojlarga yo'naltirishga xizmat qiladi. Kelgusida mazofaviy ta'lim imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda o'quv jarayoniga sun'iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish rejalashtirilgan.

Mazkur tashabbus ishdan ajralmagan holda mustaqil ta'lim olish, kadrlar salohiyatini oshirish va inson omilini kamaytirgan holda shaffof tizim yaratishga zamin hozirlaydi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi