Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyasi sovrindorlari ma'lum qilindi

O'zbekistonda badiiy ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyasi g'oliblari aniqlandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Badiiy akademiyasi Ekspert guruhi tomonidan mamlakatimizdagi badiiy ta'lim yo'nalishlari mavjud davlat oliy ta'lim muassasalaridan taqdim etilgan 20 nafar talabgorning hujjatlari hamda tavsiyanomalari ko'rib chiqildi. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi "Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta'sis etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq o'tkazilgan mazkur tanlov yakunlariga ko'ra, 7 nafar ijodkor va iqtidorli talaba g'olib deb topildi.

G'olib talabalar ro'yxati

  • Termiz davlat universiteti 2-kurs talabasi Mubina Abdulazizova “Dastgohli rangtasvir” yo'nalishi bo'yicha;
  • Andijon davlat pedagogika instituti 3-kurs talabasi Obidaxon Yusupova “Rangtasvir” yo'nalishida;
  • Qo'qon davlat universiteti 2-kurs talabasi Xosiyatxon Inomova “Grafika va miniatyura” yo'nalishida;
  • Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi Feruza Jumaniyozova “Haykaltaroshlik” yo'nalishida;
  • Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi Farangiz Olimjonova “Amaliy san'at” yo'nalishida;
  • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 3-kurs talabasi Mehrigul Amaniyazova “Dizayn” yo'nalishida;
  • Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-kurs talabasi Javohir Bekberganov “San'atshunoslik va muzeyshunoslik” yo'nalishi bo'yicha.

Mazkur davlat stipendiyasi g'oliblarining maxsus guvohnomalari O'zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan joriy yilning 20-avgustiga qadar topshirilishi belgilandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi