Tezkor
•Texnikumlarni tadbirkorlarga berish va xorijda ishga joylashganlarga grant ajratish tizimi yaratiladi•Karmanada davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktab va bog'cha barpo etilmoqda•Urganch davlat universitetida yangi sport majmuasi va futbol maydoni ochildi•Surxondaryo maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis faoliyat yuritmoqda•London universitetiga kirgan o'quvchi va uning 13 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlari•Nazarbayev Universiteti O'zbekistonlik yoshlar uchun qanday ta'lim imkoniyatlarini taqdim etadi?•O'zbekistonlik o'quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida 12 ta medalni qo'lga kiritdi•Xalqaro Nordik universiteti va Jurnalistlar uyushmasi hamkorlik bitimini imzoladi•Surxondaryoda maktab o'quvchilarining O'quvchilar kengashi koordinatorlari saylandi•Surxondaryoda o'tkazilgan kitobxonlik tanlovlarida 190 ming nafarga yaqin o'quvchi qatnashdi•Texnikumlarni tadbirkorlarga berish va xorijda ishga joylashganlarga grant ajratish tizimi yaratiladi•Karmanada davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktab va bog'cha barpo etilmoqda•Urganch davlat universitetida yangi sport majmuasi va futbol maydoni ochildi•Surxondaryo maktablarida 56 nafar xorijiy mutaxassis faoliyat yuritmoqda•London universitetiga kirgan o'quvchi va uning 13 ta xalqaro hamda milliy sertifikatlari•Nazarbayev Universiteti O'zbekistonlik yoshlar uchun qanday ta'lim imkoniyatlarini taqdim etadi?•O'zbekistonlik o'quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida 12 ta medalni qo'lga kiritdi•Xalqaro Nordik universiteti va Jurnalistlar uyushmasi hamkorlik bitimini imzoladi•Surxondaryoda maktab o'quvchilarining O'quvchilar kengashi koordinatorlari saylandi•Surxondaryoda o'tkazilgan kitobxonlik tanlovlarida 190 ming nafarga yaqin o'quvchi qatnashdi

Karmanada davlat-xususiy sheriklik asosida yangi maktab va bog'cha barpo etilmoqda

Navoiy viloyatining Karmana tumanida tadbirkor tomonidan maktab va maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Karmanalik tadbirkor va xalq deputatlari Karmana tuman Kengashi deputati Yusuf Murodov tashabbusi bilan Ko'hna qo'rg'on mahalla fuqarolar yig'ini hududida davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy ta'lim maskanlari barpo etilmoqda. Ushbu loyiha “Shafoat” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan bo'lib, uning umumiy qiymati 14,2 milliard so'mni tashkil etadi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti imkoniyatlari

Loyihaga ko'ra, hududda 180 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti bunyod etilmoqda. Muassasada zamonaviy oshxona, bolalar o'yingohi va yopiq basseyn faoliyati yo'lga qo'yiladi. Bog'chada tarbiyalanuvchilarga rus, ingliz va xitoy tillarini o'rgatish nazarda tutilgan. Shuningdek, boquvchisini yo'qotgan oilalarning 20 nafar farzandi bepul ta'lim-tarbiya bilan qamrab olinadi va mahalladagi 45 nafar fuqaro doimiy ish o'rni bilan ta'minlanadi.

Reklama

Zamonaviy maktab va xorijiy tajriba

Loyiha doirasida 220 o'rinli zamonaviy umumta'lim maktabi ham qurilmoqda. Mazkur ta'lim muassasasida 100 o'rinli yotoqxona va zamonaviy oshxona barpo etilishi rejalashtirilgan. Ta'lim jarayoniga Finlandiyaning ilg'or pedagogik tajribalari tatbiq etilib, o'quvchilarga xorijiy tillar, dasturlash hamda robototexnika kabi zamonaviy IT yo'nalishlari chuqurlashtirilgan holda o'rgatiladi. Maktabda 70 nafarga yaqin oliy ma'lumotli pedagogni ish bilan ta'minlash, 20 nafar boquvchisini yo'qotgan oila farzandiga bepul ta'lim berish hamda o'quvchilarni nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi