Tezkor
•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi boshlanadi

O'zbekistonlik talabalar uchun Xitoyda maxsus ta'lim dasturlari ochilishi kutilmoqda

O'zbekiston diplomatlari Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida o'zbekistonlik talabalar uchun ta'lim dasturlari va amaliyot o'tash masalalarini muhokama qildi.

TTahririyat 1 daqiqa

O'zbekistonning Shanxaydagi konsulxonasi vakillari Chjetszyan provinsiyasiga amalga oshirgan safari doirasida institut prorektori Livey Fen bilan muzokaralar o'tkazdi. Uchrashuvda o'zbekistonlik talabalar uchun uzoq muddatli ta'lim dasturlari, akademik almashinuv, shuningdek, talaba va o'qituvchilar uchun qisqa muddatli kurslarni yo'lga qo'yish masalalari ko'rib chiqildi.

Yangi yo'nalishlar va amaliyot

Ta'lim jarayonini muhandislik, transport, hamshiralik ishi, to'qimaqilik sanoati, yangi energetika, elektromobillarni ta'mirlash hamda sun'iy intellekt yo'nalishlarida tashkil etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, amaliy tayyorgarlikka alohida e'tibor qaratilib, o'zbekistonlik yoshlarning Szyasin shahridagi yetakchi ishlab chiqarish korxonalari, tibbiyot muassasalari, metropoliten hamda temir yo'l vokzallarida kasbiy tajriba orttirishi ko'zda tutilgan.

Delegatsiyaning O'zbekistonga tashrifi

Tomonlar O'zbekiston texnikumlari bilan hamkorlik mexanizmlarini muhokama qilish hamda tegishli kelishuvlarni imzolash maqsadida 2026-yil noyabr oyida Livey Fen boshchiligidagi delegatsiyani O'zbekistonga yuborishga tayyorligini bildirdi. Ma'lumot uchun, Szyasin Nanyan politexnika instituti 2002-yilda Shanxay Szyao Tun universiteti ko'magida tashkil etilgan xususiy professional oliy ta'lim muassasasi bo'lib, hozirda unda qariyb 12 ming nafar talaba tahsil oladi. Mazkur institutning yettita ixtisoslashtirilgan maktabida 30 dan ortiq mutaxassislik bo'yicha ta'lim beriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi