Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy o'quv yurtlarining energetika yo'nalishidagi ta'lim dasturlari yangilanadi

Oliygohlardagi yoqilg'i-energetika yo'nalishlari bo'yicha ta'lim dasturlari to'liq yangilanib, talabalar dual ta'limga qamrab olinadi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o'sish modeliga o'tkazish hamda energetika sohasini zamonaviy kadrlar bilan ta'minlash maqsadida muhim chora-tadbirlar belgiliandi. Hozirgi kunda 25 ta texnika oliygohida ushbu yo'nalish bo'yicha yiliga 5,5 ming nafar mutaxassis tayyorlanmoqda.

Ta'lim jarayoni amaliyot bilan yetarli darajada bog'lanmagani sababli, bitiruvchilarning ishga kirishib ketishi uchun 2-3 yil vaqt sarflanayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan mas'ullarga bir oy muddatda oliygohlardagi yoqilg'i-energetika yo'nalishlari bo'yicha o'quv dasturlarini tubdan yangilash vazifasi yuklatildi. Shuningdek, 1-sentabrgacha laboratoriya va poligonlarni zamonaviy talablarga moslashtirish ishlari boshlanishi belgilandi.

Dual ta'lim va amaliyot

Yangi o'quv yilidan boshlab talabalar uchun amaliy ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan yangi tizim joriy etiladi. Unga ko'ra, 3-kurs talabalarining yarmi hamda 4-kurs talabalarining barchasi dual ta'limga qamrab olinadi. Bunga sabab, kelgusi 2-3 yilda quyosh va shamol generatorlari, shuningdek, elektr zaryadlash uskunalari kabi sohalarda minglab mutaxassislarga ehtiyoj tug'ilishidir.

Xorijiy tajriba va texnikumlar faoliyati

Chet el tajribasini tatbiq etish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Saudiya Arabistonining "ACWA" kompaniyasi Shirin energetika texnikumini to'liq jihozlab, hozirda yiliga 220 nafar yoshni yangi kasblarga o'rgatmoqda. Ushbu ilg'or tajriba kelgusi o'quv yilidan boshlab Qoraqalpog'iston, Buxoro hamda Navoiy viloyatlaridagi bittadan texnikumda ham amaliyotga tatbiq etiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi