Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yangi farmon imzolandi

Prezident farmoniga muvofiq, Oliy ta'limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etilib, xorijiy talabalar uchun grantlar va imtiyozlar joriy etiladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

2026-yil 10-aprelda imzolangan “Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoniga binoan, tarmoqda qator o'zgarishlar amalga oshiriladi. Xususan, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta'limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy ta'limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi ish boshlaydi.

Yangi stipendiya dasturi va qabul tartibi

Respublika davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga muayyan o'quv yili uchun ajratilgan grant kvotalarining ishlatilmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha iqtidorli xorijiy fuqarolarga o'qish imkonini beruvchi “Yangi O'zbekiston stipendiyasi” dasturi yo'lga qo'yiladi. Shuningdek, 2026/2027 o'quv yilidan boshlab xorijiy talabalarni qabul qilishning mavjud tartibiga qo'shimcha ravishda “Study in Uzbekistan” platformasi orqali qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.

Sertifikat bo'yicha imtiyozlar va yangi markazlar

Bundan tashqari, 2026/2027 o'quv yilidan ta'lim dasturini chet tilida tamomlagan bitiruvchilar o'qishning navbatdagi bosqichiga hujjat topshirish jarayonida xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.

Farmon bilan tashkiliy masalalarga ham alohida e'tibor qaratilgan. Raqamli ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi bazasida Raqamli ta'lim va sun'iy intellektni rivojlantirish markazi tuziladi. Shu bilan birga, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Yoshlar akademiyasi negizida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi tashkil etilishi belgilandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi