Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Olmazordagi Yoshlik talabalar shaharchasida raqamli vaziyatlar markazi ishga tushirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlik talabalar shaharchasida tashkil etilgan raqamli vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi Yoshlik talabalar shaharchasi hokimligida ochilgan yangi vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Mamlakat kelajagi bilimli va tashabbuskor yoshlar salohiyatiga tayanar ekan, ta'lim muassasalarida xavfsiz muhit yaratish hamda boshqaruv tizimini raqamlashtirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu boradagi ishlar davlat rahbarining joriy yil 5-yanvarda imzolangan qarori ijrosiga tayangan holda olib borilmoqda.

Shaharchadagi raqamli boshqaruv va xavfsizlik tizimi

  • Umumiy maydoni 1 ming 368 kvadrat metr bo'lgan hokimlik binosi 2024-yilda bunyod etilgan.
  • Binoni mukammal ta'mirlash, vaziyatlar markazini ochish va hududni obodonlashtirishga 33 milliard so'm mablag' sarflangan.
  • Markaz shaharchadagi barcha 41 ta talabalar yotoqxonasini to'liq qamrab olgan.
  • Yangi tizim 75 mingga yaqin talaba, jumladan, yotoqxonalarda yashovchi 17,5 ming nafar yigit-qizning xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Kompleks tizim yordamida hududdagi ijtimoiy muhitni real vaqt rejimida kuzatish, talabalar davomatini qat'iy nazorat qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish imkoniyatlari yaratilgan. Shuningdek, markaz 17 ta axborot tizimi bilan o'zaro integratsiya qilingan bo'lib, bu turli ma'lumotlarni yagona raqamli platformada tezkor tahlil qilish hamda zarur choralarni o'z vaqtida ko'rish imkonini beradi.

Bugungi kunda mazkur zamonaviy binoda vaziyatlar markazidan tashqari startap xonasi, oliy ta'lim tarixi muzeyi, Yoshlar ishlari agentligining tuman bo'limi hamda xotin-qizlar tadbirkorligi markazi ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi