Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar darsga kiritilmadi

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida forma kiymagan va kech qolgan talabalar darsga qo'yilmadi.

TTahririyat 1 daqiqa

16 fevral kuni O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bir guruh yoshlar forma talablariga rioya qilmagani hamda darsga kechikkani sababli o'quv binosiga kiritilmadi. Ushbu holat aks etgan video magistratura bosqichi talabasi Akmal Yo'ldoshev tomonidan ijtimoiy tarmoqda e'lon qilindi.

Videoda qayd etilishicha, bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan yuz nafarga yaqin talaba ichki tartib-qoidalarga amal qilmagani uchun darslarga qo'yilmagan. Talabalardan biri o'qishga tayyorgarlik ko'rgani yoki ma'ruza va adabiyotlarni o'qiganiga e'tibor qaratilmagani, asosiy e'tibor faqat galstuk taqib kelinganiga qaratilganini bildirgan.

Talabalar e'tirozi va universitet munosabati

Talabalarning fikricha, tashqi ko'rinish yoki kiyim-kechak masalasi ularning bilim olishiga to'sqinlik qilmasligi kerak. Universitet bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ta'lim olish huquqi buzilayotgani, asosiy maqsad bilim olish ekanligi ta'kidlangan.

O'z navbatida, universitet dekani Oisha Zakirova holat yuzasidan munosabat bildirib, ichki tartib-qoidalar muhokama qilinmasligi va barcha uchun majburiy ekanligini ta'kidlagan. Uning so'zlariga ko'ra, oq ko'ylak va galstuk akademik madaniyat, intizom hamda hurmat belgisi hisoblanadi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi