Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston va Italiya oliygohlari tibbiyot yo'nalishida talabalar almashinuvini boshlaydi

Rimda o'tgan O'zbekiston va Italiya rektorlarining ikkinchi forumida tibbiyot, farmatsevtika va parameditsina sohalarida akademik almashinuvni rivojlantirish kelishildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Rim shahrida O'zbekiston va Italiya oliy ta'lim muassasalari rahbarlarining ikkinchi forumi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir doirasida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov Italiyaning Pemont mintaqasi Sog'liqni saqlash vaziri Federiko Riboldi bilan muzokara o'tkazdi.

Hamkorlik yo'nalishlari

Uchrashuv davomida tomonlar kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar o'tkazish hamda akademik almashinuvlarni yanada kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, tibbiyot, farmatsevtika va parameditsina sohalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, qo'shma ta'lim dasturlarini kengaytirish, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish masalalari ko'rib chiqildi.

Amaliyot va qo'shma dasturlar

Muzokaralar chog'ida o'zbekistonlik talabalarga Italiyaning ilg'or klinikalarida amaliyot o'tash imkoniyatlarini yaratish hamda hamshiralar tayyorlash tizimi bo'yicha tajriba almashish muhimligi ta'kidlandi. Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Piza universiteti o'rtasidagi qo'shma magistrlik dasturini yanada rivojlantirish rejalashtirildi.

Shu bilan birga, talabalar uchun grant va stipendiya mexanizmlarini joriy etish, Italiya mutaxassislarini o'quv jarayoniga jalb qilish hamda tibbiyot markazlari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar sog'liqni saqlash va tibbiy ta'lim yo'nalishida uzoq muddatli hamkorlikka tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi