Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda oliy ta'lim olayotgan talabalar yosh bo'yicha tahlil qilindi

O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida talabalar soni qariyb 1,5 million nafarga yetdi. Eng yirik yosh toifasini 19 yoshlilar tashkil etmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta'lim bilan qamrab olingan yoshlar soni oshib, talabalarning yosh tarkibi ham kengayib bormoqda. OTMlarda nafaqat maktabni yaqinda tamomlagan yoshlar, balki katta yoshdagi fuqarolar ham tahsil olmoqda.

Talabalar soni va yosh ko'rsatkichlari

2025/2026 o'quv yilida respublikada filiallar bilan birgalikda 215 ta oliy ta'lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ushbu muassasalarda tahsil olayotgan talabalar soni qariyb 1,5 million nafarni tashkil etgan.

Yosh toifalari bo'yicha tahlil qilinganda, talabalarning eng katta qismi 19 yoshlilar hissasiga to'g'ri keladi. Ushbu yoshdagi talabalar soni 220 598 nafarni tashkil etgan. Shuningdek, 18 yoshlilar 200 578 nafar, 20 yoshlilar esa 207 146 nafarni tashkil qilgan.

Boshqa yosh guruhlari va katta yoshdagi talabalar

  • 21 yoshli talabalar soni 179 230 nafar
  • 22 yoshdagilar 116 890 nafar
  • 23 yoshli talabalar 81 400 nafar
  • 24 yoshlilar 60 409 nafar
  • 25 yoshlilar 49 377 nafar

Katta yoshdagi talabalar ulushi ham alohida e'tiborga molik. Jumladan, 26–29 yosh toifasida 136 855 nafar, 30–34 yoshda 122 742 nafar, 35–39 yoshda 69 224 nafar talaba tahsil olmoqda. 40 yosh va undan katta yoshdagi talabalar soni esa 53 483 nafarga yetgan. Shuningdek, oliy ta'lim tashkilotlarida 17 yosh va undan kichik bo'lgan 37 074 nafar talaba ham tahsil olmoqda.

Mazkur ko'rsatkichlar oliy ta'limga intilayotganlar orasida turli yosh toifalari vakillari borligini ko'rsatadi. Bu esa ta'lim olishga bo'lgan ehtiyoj yosh bilan cheklanmasligi, bilim va kasbiy salohiyatni oshirishga intilish inson hayotining turli bosqichlarida davom etishini namoyon etadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi