Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda oliy ta'lim tizimi rivoji: qamrov va universitetlar soni ortdi

O'zbekistonda mustaqillik yillarida oliy ta'lim sohasi tubdan o'zgardi. Universitetlar soni 215 taga yetib, talabalar qamrovi 47 foizdan oshdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish va milliy ta'lim tizimini isloh qilish davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar yoshlarning sifatli ta'lim olish huquqlarini ta'minlash hamda oliygohlar nufuzini yuksaltirishga qaratildi.

Oliy ta'lim muassasalari va qamrov ko'rsatkichlari

Respublikada sohada erishilgan eng muhim natijalardan biri bu — ta'lim maskanlari sonining keskin ko'payganidir. Agar 2016-yilgacha mamlakatda bor-yo'g'i 77 ta oliy ta'lim muassasasi faoliyat yuritgan bo'lsa, 2026/2027 o'quv yili boshiga kelib ularning soni 215 taga yetdi. Shuningdek, tizimda davlat monopoliyasiga chek qo'yilib, nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari faoliyatiga keng yo'l ochildi. Hozirda respublikada 97 ta xususiy oliy ta'lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

Tizimdagi o'zgarishlar qamrov darajasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ilgari yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish ko'rsatkichi atigi 9 foizni tashkil etgan bo'lsa, ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida bu raqam 47 foizdan oshdi. Respublika oliygohlarida tahsil olayotgan jami talabalar soni 1,5 million nafardan oshdi. Yangi o'quv yilida talabalikka qabul qilinganlar soni 409,7 ming nafarni tashkil etdi, shundan 55,4 foizini (226,8 ming nafar) xotin-qizlar tashkil etdi.

Xalqaro e'tirof va xorijiy talabalar

O'zbekiston oliy ta'limi xalqaro miqyosda ham e'tirof etila boshlandi. Times Higher Education va QS kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari hisobotlariga ko'ra, 2026-yilda mamlakatning 24 ta oliy ta'lim tashkiloti dunyoning top-1000 talik ro'yxatidan joy oldi.

Yurtimizdagi yaratilgan sharoitlar xorijlik yoshlarni ham jalb qilmoqda. O'zbekistonda o'qish istagida kelgan xorijiy talabalar soni 21 mingdan oshib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga ko'paydi. Universitetlarda HEMIS va kredit-modul tizimlari tatbiq etilib, o'quv jarayonlari zamonaviy talablar asosida takomillashtirilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi