Pokistonlik olimga O'zbekiston universitetining faxriy professori unvoni berildi
Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Pokiston Sind qishloq xo'jaligi universiteti professori Muhammad Ismoil Kumbharga faxriy professor unvonini berdi.

Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti tomonidan Pokiston Sind qishloq xo'jaligi universiteti professori Muhammad Ismoil Kumbharga faxriy professor unvoni topshirildi. Bu haqda APP axborot agentligi xabar tarqatdi.
Ilmiy xizmatlar e'tirofi
Ma'lum qilinishicha, pokistonlik olim bu unvonga qishloq xo'jaligi ta'limi, iqlim o'zgarishiga moslashgan dehqonchilik hamda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish yo'nalishlaridagi samarali faoliyati uchun loyiq ko'rilgan.
Sind qishloq xo'jaligi universiteti rektori Altaf Ali Siyal mazkur voqeani mamlakat va oliygoh uchun muhim yutuq deb e'tirof etgan. O'z navbatida, Muhammad Ismoil Kumbhar O'zbekiston universiteti jamoasiga o'z minnatdorchiligini izhor qilgan.
Xalqaro hamkorlik
Tafsilotlarga ko'ra, ushbu e'tirof ikki davlat oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qiladi.
Manba: UzA



