Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Prezident maktablariga 2026-2027 o'quv yili uchun hujjat topshirish muddatlari e'lon qilindi

Prezident maktablariga 2026-2027 o'quv yili uchun hujjatlar qabuli 25-maydan 14-iyunga qadar onlayn tarzda boshlanadi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning zamonaviy bilim va ko'nikmalarni egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, Prezident maktablari yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining ma'lumotiga ko'ra, 2026-2027 o'quv yili uchun Prezident maktablariga hujjatlar qabuli 25-maydan 14-iyunga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi. Nomzodlar ariza topshirish jarayonini my.gov.uz va ariza.piima.uz platformalari orqali bajarishlari mumkin.

Talab etiladigan hujjatlar

Prezident maktablariga ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • O'quvchining so'nggi ikki oy davomida tushgan fotosurati;
  • Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma;
  • Tegishli o'quv yili natijalariga ko'ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR-kod bilan tasdiqlangan elektron tabeli;
  • Ota-ona yoki qonuniy vakilning fuqarolik pasporti ma'lumotlari hamda bog'lanish uchun telefon raqamlari.

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar

Ma'lum qilinishicha, Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan o'quvchilar 5-sinfga qabul qilinadi. Bunda talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari 5 - a'lo bo'lishi qat'iy talab etiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi