Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Navoiydagi maktab bitiruvchilarining qariyb 41 foizi muddatidan oldin talaba bo'ldi

Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilarining 41 foizi maksimal ball to'plab, muddatidan oldin talabalikka erishdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi ta'lim sifatini oshirish borasidagi ishlari natijasida yuqori ko'rsatkichni qayd etdi. Joriy o'quv yilida mazkur ta'lim muassasasining 11-sinfini jami 69 nafar o'quvchi tamomlamoqda.

E'tiborga molik jihati, bitiruvchilarning qariyb 41 foizi, aniqrog'i 28 nafari maktabda o'qib yurgan paytiyayoq maksimal 189 ballni jamg'arib, o'qishga muddatidan oldin qabul qilindi. Bu yutuq o'quvchilarning ilmga intilishi, o'qituvchilarning samarali mehnati hamda ta'lim maskanida yaratilgan sharoitlarning samarasidir.

Shuningdek, yana 10 nafar bitiruvchiga talaba maqomini olish uchun faqat bittadan majburiy fan sertifikati yetishmayotgani ma'lum qilindi. Bu esa yaqin kunlarda ijobiy ko'rsatkichlar yana ham ko'payishini ko'rsatadi.

Eslatib o'tamiz, mazkur ta'lim muassasasi 2024-2025 o'quv yili yakunida ham yuqori natija ko'rsatib, 60 nafar bitiruvchining barchasi talaba bo'lishga erishgan edi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi