Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqandda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi boshlandi

Samarqand shahrida Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi o'tkazilmoqda. Unda ta'lim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlik muhokama qilinmoqda.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Samarqand shahrida Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi o'tkazilmoqda. Anjumanning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o'rinbosari Ilhom Sirojev, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov, Polsha Respublikasi fan va oliy ta'lim vaziri Marsin Kulyasek, O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar va boshqalar ta'lim hamda ilm-fan sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan fikr va takliflarini bildirdilar.

Tarixiy asoslar va strategik sheriklik

Ikki mintaqa o'rtasidagi munosabatlar qadimdan ilm-fan, madaniyat va ma'rifat sohalarida rivojlangani, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar G'arb va Sharq o'rtasida ilm-ma'rifat markazlari vazifasini o'tab kelgani ta'kidlandi. 2025-yil 3-4-aprel kunlari Samarqandda tarixda ilk bor “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti” o'tkazilib, munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish bo'yicha kelishuvlarga erishilgan edi. Mazkur kongress ana shu tarixiy sammitda belgilangan vazifalarning amaliy davomi sifatida tashkil etildi.

Hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari

Polsha fan va oliy ta'lim vaziri Marsin Kulyasekning ma'lum qilishicha, kongress doirasida Polsha – O'zbekiston uchinchi rektorlar forumi ham o'tkazilmoqda. Ayni paytda 1700 nafardan ortiq o'zbekistonlik talaba Polshada tahsil olmoqda va bugungi forumda 30 dan ko'proq oliy ta'lim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqda. Anjumanda olimlar va talabalar almashinuvini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

Tadbir doirasida universitetlar o'rtasida mustahkam akademik platforma shakllantirish, qo'shma ta'lim dasturlari, ikki diplomli dasturlar va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, akademik mobillikni faollashtirish, ta'lim sifatini oshirish hamda Markaziy Osiyoni yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantirish masalalari ko'rib chiqilmoqda.

Sessiyalar va istiqbolli rejalar

Kongress dasturidan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha alohida sessiyalar o'rin olgan:

  • Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar yo'nalishida jamiyat transformatsiyasi, sun'iy intellekt etikasi va iqtisodiyotda katta ma'lumotlardan foydalanish;
  • Muhandislik va texnologiyalar yo'nalishida universitet va sanoat hamkorligi, “yashil” transformatsiya hamda ilg'or texnologiyalarni joriy etish;
  • Tibbiyot fanlari yo'nalishida raqamli tibbiyot, biomeditsina va personallashtirilgan tibbiyot.

Shuningdek, tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar, B2B formatdagi muloqotlar, memorandumlarni imzolash marosimlari hamda Erasmus+ va Horizon Europe dasturlarida ishtirokni faollashtirish masalalariga e'tibor qaratilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi