Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Surxondaryo OTMlarida Besh tashabbus olimpiadasi bahslari boshlandi

Surxondaryo viloyatidagi oliy ta'lim muassasalarida Besh tashabbus olimpiadasi sport musobaqalarining saralash bosqichi o'tkazilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Surxondaryo viloyatidagi oliy ta'lim muassasalarida yoshlar o'rtasida sportni ommalashtirishga qaratilgan "Besh tashabbus olimpiadasi" sport musobaqasining saralash bosqichi tashkil etilmoqda.

Ochilish marosimi va musobaqa turlari

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bo'lib o'tgan bellashuvlarning tantanali ochilish marosimida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, talabalarni sog'lom hamda barkamol etib tarbiyalash masalalariga e'tibor qaratildi. Do'stlik va birdamlik muhitini mustahkamlovchi mazkur olimpiada doirasida talabalar voleybol, mini-futbol, stritbol, stol tennisi va yengil atletika turlari bo'yicha o'zaro kuch sinashmoqda.

Institut rektori Oybek Ro'ziyevning ta'kidlashicha, mazkur musobaqalar yoshlarning jismoniy faolligini oshirib, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga xizmat qiladi shuningdek, sog'lom raqobat muhitini shakllantirib, eng kuchli sportchilarni rag'batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

G'olib va sovrindorlar

Institutda o'tkazilgan yengil atletikaning aralash estafeta bahsida tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti yengil atletikachilari birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rin pedagogika fakultetiga nasib etgan bo'lsa, uchinchi o'rinni aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi qo'lga kiritdi. Mini-futbol musobaqasida ham tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti sportchilari g'olib bo'ldi. Mazkur yo'nalishda filologiya fakulteti ikkinchi, pedagogika fakulteti jamoasi esa uchinchi o'rinni egalladi. Qizg'in bahslarga boy o'tgan stritbol musobaqasining o'g'il bolalar va qizlar bellashuvida ham tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti sportchilari g'oliblikni qo'ldan bermadi. Hozirgi kunda oliygohda olimpiadaning sport musobaqalari qizg'in va murosasiz davom etmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi