Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

2025/2026-o'quv yili uchun nufuzli davlat stipendiyalari sohiblari taqdirlandi

O'zbekistonda iqtidorli talabalarga Prezident va nomli davlat stipendiyalari hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi mukofotlari topshirildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Davlat stipendiyalari egalari taqdirlandi

Yurtimizda yoshlarning bilim olishi, ilmiy izlanishlar bilan shug'ullanishi hamda o'z salohiyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ana shunday e'tibor va rag'bat natijasida iqtidorli talabalar davlat stipendiyalari bilan taqdirlanmoqda.

2025/2026-o'quv yili uchun bakalavriat bosqichida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari sohiblariga raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tomonidan guvohnoma va sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

G'oliblarning yutuqlari e'tirof etildi

Tadbir davomida vazir g'oliblarning o'qish va ilmiy-ijodiy faoliyatdagi yuqori natijalarini alohida e'tirof etib, bu yutuqlar izchil mehnat va qat'iyat samarasi ekanini ta'kidladi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ta'limi va iste'dodini qo'llab-quvvatlashga qaratilayotgan e'tibor bunday natijalarga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Shu kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi g'olibi bo'lgan 44 nafar talaba va o'quvchi ham taqdirlandi. Mazkur stipendiyalar yoshlarning ilmiy izlanishlarini qo'llab-quvvatlash, AKT sohasidagi iqtidorli yoshlarni rag'batlantirish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi