Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

2025/2026 o'quv yili uchun Prezident davlat stipendiyasi g'oliblari aniqlandi

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat bosqichining 101 nafar iqtidorli talabasi Prezident davlat stipendiyasi sovrindori bo'ldi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

2025/2026 o'quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichida o'qiyotgan 101 nafar iqtidorli talaba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovining g'olibi deb topildi.

Shuningdek, mazkur tanlovda sovrindorlar qatoriga kirmagan, biroq yaxshi natija ko'rsatgan ishtirokchilar ham e'tiborsiz qoldirilmadi. Ushbu yoshlar tegishli oliy ta'lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan rag'batlantirilishi belgilandi.

Mukofotlash tartibi va rag'batlantirish

Ma'lum qilinishicha, Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etgan barcha talabgorlarga maxsus sertifikat hamda bazaviy stipendiyaning 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari talabgorlari ham sertifikat hamda bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishi ko'zda tutilgan.

Agrar soha talabalarining yutuqlari

E'tiborlisi, nufuzli davlat stipendiyasi g'oliblari orasida Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlar ham bor. Bu holat mamlakatimizning agrar sohasidagi yoshlar orasida ilmiy va intellektual salohiyat yuksulib borayotganidan dalolat beradi. Mazkur davlat stipendiyalari talabalarni ilm-fan bilan shug'ullanishga, ilmiy izlanishlar olib borishga va yangi marralarni zabt etishga undovchi muhim rag'batlantiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi