Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

2026/2027 o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga qabulning yakuniy mandat natijalari elon qilindi

Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat yo'nalishlariga 209 mingdan ortiq abituriyent talabalikka tavsiya etildi, o'tish ballari sezilarli darajada oshdi.

TTahririyat 1 daqiqa

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2026/2027 o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning yakuniy natijalariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Joriy yilda respublika OTMlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga jami 209,1 ming nafar abituriyent talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'ldi.

Grant va kontrakt ko'rsatkichlari

Qabul natijalariga ko'ra, talabalikka tavsiya etilganlarning 52,8 ming nafari davlat granti asosida o'qish huquqini qo'lga kiritdi. Yana 156,3 ming nafar yoshlar to'lov-kontrakt asosida talaba bo'ldi. Shuning bilan birga, belgilangan imtiyozlar doirasidagi alohida qabul ko'rsatkichlari asosida qo'shimcha 20,5 ming nafar abituriyent ham talabalikka tavsiya etilgani ma'lum qilindi.

O'tish ballarining o'zgarishi

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu yilgi tanlovlarda o'tish ballari sezilarli darajada oshgan. Xususan, davlat granti bo'yicha o'rtacha o'tish bali 134,6 ballni tashkil etgan bo'lsa, to'lov-kontrakt yo'nalishida bu ko'rsatkich o'rtacha 93,7 ballga teng bo'ldi. Solishtirish uchun, o'tgan 2025/2026 o'quv yilida bu raqamlar mos ravishda 121,8 va 84,9 ballni tashkil qilgandi. Demak, bir yil ichida grant yo'nalishida o'rtacha o'tish bali 12,8 ballga, kontrakt yo'nalishida esa 8,8 ballga oshgan.

Eng ko'p tanlangan OTMlar va yo'nalishlar

  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
  • O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
  • O'zbekiston Milliy universiteti

Shuningdek, abituriyentlar orasida eng yuqori qiziqish bildirilgan ta'lim yo'nalishlari qatoriga «Davolash ishi», «Iqtisodiyot» hamda «Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili» yo'nalishlari kirgani qayd etildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi