Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

2028-yilgacha mamlakatdagi barcha oliygohlarda dual ta'lim tizimi joriy etiladi

Prezident qaroriga ko'ra, oliy ta'lim muassasalarida dual ta'limni bosqichma-bosqich joriy etish va talabalarni qo'llab-quvvatlash tizimi boshlanadi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Yangi O'zbekiston» universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuv o'tkazdi. Shu doirada oliygohlarda dual ta'limni yangicha yondashuv asosida yo'lga qo'yish bo'yicha tegishli qaror imzolandi.

Yangi tizim tartibi va qabul jarayoni

Kelgusi yildan boshlab «korxona – oliygoh – maqsadli kadr» tizimi respublikadagi 75 ta oliy ta'lim muassasasida o'z faoliyatini boshlaydi. 2028-yilga kelib esa bu amaliyot mamlakatdagi barcha oliygohlarda to'liq yo'lga qo'yiladi.

Yangi tartibga ko'ra, ish beruvchi o'ziga kerakli bo'lgan nomzodni o'qitish yuzasidan oliygohga buyurtma beradi. Bunda nomzodlar test sinovlarisiz, faqat suhbat asosida o'qishga qabul qilinadi. Ishga olingan talabaga to'lanadigan oylik maoshning yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, korxona tomonidan biriktirilgan ustozga oliygoh pedagoglarining oyligiga teng miqdorda qo'shimcha haq to'lanadi. Agar korxona oliygohdan yoki talabaning yashash joyidan uzoqda joylashgan bo'lsa, uning ijara xarajatlari ham qoplanadi. O'qish hamda ish jarayonida yuqori natija ko'rsatgan talabalar ikkinchi kursdan boshlab davlat grantiga o'tkaziladi.

Rektorlar va oliygohlarni rag'batlantirish

Oliy ta'lim muassasalarida dual ta'lim bo'limlari ochiladi, o'quv ishlari bo'yicha prorektorlar esa o'z vaqtining asosiy qismini aynan shu yo'nalishni rivojlantirishga yo'naltiradi. Mazkur tizimni eng namunali tashkil etgan uchta oliy ta'lim muassasasi va ularning hamkor korxonalarining har biriga 1 milliarddan 3 milliard so'mgacha mukofot puli beriladi. Oliygohga ajratilgan mukofot mablag'ining yarmi ushbu jarayonda munosib hissa qo'shgan pedagoglarni rag'batlantirishga sarflanadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi