Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Al-jabr maktabida o'quvchilar uch tilda bilim olmoqda

Al-jabr xususiy maktabida o'quvchilar uchun an'anaviy alifbe bayrami o'rniga o'zbek, rus va ingliz tillarini qamrab olgan "Savodxonlik bayrami" tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Al-jabr xususiy maktabida boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun o'zbek, rus va ingliz tillarida ta'lim berish yo'lga qo'yilgan. Ta'lim jarayonida o'quvchilar o'qish va yozish ko'nikmalari bilan bir qatorda ravon nutq hamda fikrni erkin ifodalash va muloqot qilish malakalarini erta bosqichdan shakllantirib boradi. Shuningdek, aniq fanlarga ham alohida e'tibor qaratilib, matematika yo'nalishidagi bilimlar tizimli ravishda rivojlantiriladi, bu esa mantiqiy fikrlash va tahlil qilish ko'nikmalarini mustahkamlaydi.

Savodxonlik bayrami va uch tilli ta'lim natijalari

Ta'lim dargohida o'tkazilgan tadbir davomida o'quvchilar uch tilda sherlar o'qib, qo'shiqlar ijro etdi va sahna ko'rinishlarida faol qatnashdi. Ota-onalar farzandlarining qisqa vaqt ichida erishgan natijalariga bevosita guvoh bo'lishdi.

Al-jabr xususiy maktabi rahbari Matluba Karaxodjayevaning ta'kidlashicha, mazkur bayram maktabda yo'lga qo'yilgan uch tilli ta'lim tizimining amaliy natijasini namoyon etadi. O'quvchilar o'zbek, rus va ingliz tillarida o'qish, yozish va ravon muloqot qilish ko'nikmalarini to'laqonli egallagani sababli an'anaviy alifbe bayrami o'rniga aynan savodxonlik bayrami o'tkaziladi. Bugungi kunda birinchi sinf o'quvchilari uch tilda bemalol o'qib, o'z fikrini erkin ifoda eta olmoqda. Tadbir davomida o'quvchilarning sahnadagi erkinligi, o'ziga bo'lgan ishonchi va ta'lim jarayoniga muvaffaqiyatli moslashgani yaqqol ko'zga tashlandi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi