Tezkor
•Andijon shahridagi maktabda o'quvchilarning bilim va kasb-hunar ko'nikmalari oshirilmoqda•Qo'qon davlat universitetida ilmiy salohiyat va raqamli ta'lim muhiti kengaymoqda•Farg'onada muddatli harbiy xizmatchilarni kasb-hunar va oliy ta'limga o'qitish tajribasi o'rganildi•Jizzax politexnika institutida navbatdagi Ma'rifat darsi bo'lib o'tdi•Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Osiyoning eng yaxshi OTMlari qatoridan joy oldi•O'zbekistondagi 38 ta oliy ta'lim muassasasi nufuzli Osiyo reytingidan joy oldi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi•Nukus davlat pedagogika institutida “Eng innovatsion g'oya” tanlovi o'tkazildi•Andijon davlat pedagogika institutida xotin-qizlar ta'limi va faolligini qo'llab-quvvatlash borasida qanday ishlar bajarilmoqda?•Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingida kuchli yetmishlikka kirdi•Andijon shahridagi maktabda o'quvchilarning bilim va kasb-hunar ko'nikmalari oshirilmoqda•Qo'qon davlat universitetida ilmiy salohiyat va raqamli ta'lim muhiti kengaymoqda•Farg'onada muddatli harbiy xizmatchilarni kasb-hunar va oliy ta'limga o'qitish tajribasi o'rganildi•Jizzax politexnika institutida navbatdagi Ma'rifat darsi bo'lib o'tdi•Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Osiyoning eng yaxshi OTMlari qatoridan joy oldi•O'zbekistondagi 38 ta oliy ta'lim muassasasi nufuzli Osiyo reytingidan joy oldi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi•Nukus davlat pedagogika institutida “Eng innovatsion g'oya” tanlovi o'tkazildi•Andijon davlat pedagogika institutida xotin-qizlar ta'limi va faolligini qo'llab-quvvatlash borasida qanday ishlar bajarilmoqda?•Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingida kuchli yetmishlikka kirdi

Andijon davlat pedagogika institutida xotin-qizlar ta'limi va faolligini qo'llab-quvvatlash borasida qanday ishlar bajarilmoqda?

Andijon davlat pedagogika institutida xotin-qizlarning ta'lim olishi, ilmiy salohiyati va ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rnini oshirish hamda ularni qo'llab-quvvatlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Andijon davlat pedagogika institutida ham talaba-qizlar va professor-o'qituvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

Talabalarni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari

Institutda rektor Baxtiyorjon Rasulov rahbarligida xotin-qizlarning ta'lim olishi va ilmiy salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun zarur sharoitlar muhayyo qilingan. Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Gulandon G'aniyevaning ma'lumotiga ko'ra, talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, psixologik yordam ko'rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarga manzilli ko'mak berish asosiy vazifalardan biridir.

Reklama

Hozirgi kunda ta'lim maskanida 1 ming 362 nafar oilali, 724 nafar farzandli, 121 nafar nogironligi bo'lgan hamda 61 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, 33 nafar chin yetim va 31 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo'lgan yoshlar alohida e'tiborga olingan.

Ilm-fan va ijodiy yutuqlar

Institut talaba-qizlari ilm-fan, sport va jamoat ishlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritib kelmoqda. Jumladan, joriy yilda ta'lim muassasasining 1-bosqich magistranti Muslima Abduqahhorova hamda musiqiy ta'lim va san'at yo'nalishi 1-bosqich talabasi Mohlaroy Umurzoqova Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori bo'lishdi. Shuningdek, sport yo'nalishida ayollar voleybol jamoasi va yengil atletikachi Dilshoda Usmonova ham munosib natijalarga erishdi.

Bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etish

Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun "Qizlarjon", "Lider qizlar" klublari hamda "Art-dizayn va texnologiya", "Mohir qo'llar", "Nafosatli bekajon" to'garaklari faoliyat yuritmoqda. Ilmiy izlanishlar olib borayotgan qizlar uchun esa "Academic Writing" mashg'ulotlari tashkil etilib, ularning akademik yozuv ko'nikmalari rivojlantirib borilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi