Nukus davlat pedagogika institutida “Eng innovatsion g'oya” tanlovi o'tkazildi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Eng innovatsion g'oya” tanlovining institut bosqichi bo'lib o'tdi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Eng innovatsion g'oya” respublika tanlovining birinchi bosqichi tashkil etildi. Talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning innovatsion salohiyatini ro'yobga chiqarish, istiqbolli g'oyalarini amaliy loyihalarga aylantirish hamda startap tashabbuslarini moliyaviy rag'batlantirish mazkur tanlabning asosiy maqsadi etib belgilandi.
Tadbirda institutning bakalavriat yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan yoshlar o'zlarining 10 ta ustuvor yo'nalish bo'yicha tayyorlagan innovatsion ishlanmalari hamda istiqbolli loyihalari bilan qatnashdi. Bellashuv davomida ishtirokchilarning yondashuvi, g'oyalarning yangiligi, amaliy ahamiyati va ularni kelgusida startap sifatida amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi.
G'oliblarni rag'batlantirish choralari
Ishtirokchilarni munosib qo'llab-quvvatlash maqsadida tanlov doirasida quyidagi miqdordagi grant mablag'lari ajratildi:
- Birinchi o'rin uchun 50 million so'm
- Ikkinchi o'rin uchun 30 million so'm
- Uchinchi o'rin uchun 20 million so'm
Mazkur tanlov yoshlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni yangicha fikrlashga o'rgatish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida innovatsion yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Manba: UzA



