Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Osiyoning eng yaxshi OTMlari qatoridan joy oldi
Qoraqalpoq davlat universiteti Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligining Osiyo universitetlari ro'yxatiga kiritildi.

Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi tomonidan tuzilgan Osiyoning eng yaxshi oliy o'quv yurtlari reytingi – QS World University Rankings: Asia – 2027 e'lon qilindi.
Mazkur nufuzli xalqaro ro'yxatdan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti ham munosib o'rin egallashga muvaffaq bo'ldi. Ushbu natija mamlakatimizda ta'lim sifatini oshirish, oliy ta'lim muassasalarining akademik hamda ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasi ekanligi ta'kidlandi.
Xalqaro nufuz va hamkorlik
Shuningdek, ta'lim va ilm-fan integratsiyasini yanada mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda oliy ta'lim dargohlarining global raqobatbardoshligini ta'minlash yo'lidagi sa'y-harakatlar o'z natijasini berayotgani qayd etildi.
Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi uchun qo'lga kiritilgan bu yutuq kelgusida ta'lim sifatini yanada yaxshilash, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va xalqaro maydondagi nufuzni mustahkamlashga qaratilgan yangi marralarni zabt etishda muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.
Manba: UzA


