Tezkor
•Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingida kuchli yetmishlikka kirdi•Toshkentdagi OTMlarda talabalar "Xavfsiz talaba" ilovasini o'rnatishga majburlanmoqda•Ta'lim vaziri o'rinbosari Buxoro davlat pedagogika institutida bo'ldi•Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi ta'lim muassasalari holati bilan tanishdi•Bakalavriat talimi uchun eng qimmat kontrakt belgilangan davlatlar malum boldi•Texnikum o'quvchilariga xorijda ishlash va sayohat qilish uchun ssuda ajratiladi•Urgutlik o'quvchilar Navoiy kon-metallurgiya kombinati va texnologiyalar universitetida bo'lishdi•Urgutlik maktab o'quvchilari Navoiy konchilik va texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi•Talaba-yoshlar uchun startap loyihalari va amaliyot imkoniyatlari kengaymoqda•Nukus shahrida III xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilari kutib olindi•Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingida kuchli yetmishlikka kirdi•Toshkentdagi OTMlarda talabalar "Xavfsiz talaba" ilovasini o'rnatishga majburlanmoqda•Ta'lim vaziri o'rinbosari Buxoro davlat pedagogika institutida bo'ldi•Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi ta'lim muassasalari holati bilan tanishdi•Bakalavriat talimi uchun eng qimmat kontrakt belgilangan davlatlar malum boldi•Texnikum o'quvchilariga xorijda ishlash va sayohat qilish uchun ssuda ajratiladi•Urgutlik o'quvchilar Navoiy kon-metallurgiya kombinati va texnologiyalar universitetida bo'lishdi•Urgutlik maktab o'quvchilari Navoiy konchilik va texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi•Talaba-yoshlar uchun startap loyihalari va amaliyot imkoniyatlari kengaymoqda•Nukus shahrida III xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilari kutib olindi

Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingida kuchli yetmishlikka kirdi

Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingiga ko'ra Markaziy Osiyoning eng yaxshi 70 ta universiteti qatoridan joy oldi.

TTahririyat 1 daqiqa

Central Asian University xalqaro miqyosdagi nufuzli QS Asia University Rankings 2027 reytingida muvaffaqiyatli qatnashib, Markaziy Osiyoning eng yaxshi 70 ta universiteti qatoriga kirdi. Ta'lim maskani mintaqada 66-o'rinni egalladi va respublikadagi xususiy universitetlar orasida eng yuqori ko'rsatkichni qayd etdi.

2019-yilda tashkil topgan ta'lim muassasasi uchun bu xalqaro rivojlanish jarayonida muhim bosqich sanaladi. Mazkur natija universitetning ilmiy tadqiqotlar, ta'lim hamda xalqaro akademik hamkorlik yo'nalishlaridagi faoliyati samarasini ko'rsatib beradi.

Xorijiy mutaxassislar ulushi

Reklama

Universitetning xorijiy o'qituvchilar tarkibi ham alohida e'tiborga loyiq jihatlardan biridir. CAU chet ellik o'qituvchilar ulushi bo'yicha Osiyoning eng yaxshi 100 taligiga kirib, 95-o'rinni band etdi. Oliygohdagi deyarli har beshinchi o'qituvchi xorijlik mutaxassis hisoblanadi. Bu holat talabalar ta'lim olishi va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish uchun qo'shimcha imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ma'lumot uchun, QS World University Rankings: Asia Osiyo mamlakatlari universitetlarini ilmiy-tadqiqot va akademik ko'rsatkichlar asosida taqqoslash imkonini beruvchi mashhur xalqaro reyting hisoblanadi. Baholash jarayonida ish beruvchilar va olimlar o'rtasidagi nufuz, talabalar va o'qituvchilar nisbati, ilmiy tadqiqotlar natijalari, xalqaro hamkorlik hamda boshqa mezonlar qat'iy hisobga olinadi. Ushbu reytinglar abituriyentlar, ota-onalar, tadqiqotchilar hamda ta'lim tashkilotlari tomonidan akademik salohiyatni baholash va universitetni tanlashda asosiy mezonlardan biri sifatida ishlatiladi.

Joriy yilda QS Asia 2027 reytingida Osiyoning 26 ta ta'lim tizimidan jami 1 722 ta universitet, jumladan, 195 ta yangi ishtirokchi o'rin oldi. Yakuniy natijalarga ko'ra, CAU quyidagi ko'rsatkichlarga erishdi:

  • Markaziy Osiyoning TOP-70 taligida mintaqaviy reyting bo'yicha 66-o'rin.
  • O'zbekiston xususiy universitetlari orasida 1-o'rin.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi