Tezkor
•Andijon shahridagi maktabda o'quvchilarning bilim va kasb-hunar ko'nikmalari oshirilmoqda•Qo'qon davlat universitetida ilmiy salohiyat va raqamli ta'lim muhiti kengaymoqda•Farg'onada muddatli harbiy xizmatchilarni kasb-hunar va oliy ta'limga o'qitish tajribasi o'rganildi•Jizzax politexnika institutida navbatdagi Ma'rifat darsi bo'lib o'tdi•Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Osiyoning eng yaxshi OTMlari qatoridan joy oldi•O'zbekistondagi 38 ta oliy ta'lim muassasasi nufuzli Osiyo reytingidan joy oldi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi•Nukus davlat pedagogika institutida “Eng innovatsion g'oya” tanlovi o'tkazildi•Andijon davlat pedagogika institutida xotin-qizlar ta'limi va faolligini qo'llab-quvvatlash borasida qanday ishlar bajarilmoqda?•Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingida kuchli yetmishlikka kirdi•Andijon shahridagi maktabda o'quvchilarning bilim va kasb-hunar ko'nikmalari oshirilmoqda•Qo'qon davlat universitetida ilmiy salohiyat va raqamli ta'lim muhiti kengaymoqda•Farg'onada muddatli harbiy xizmatchilarni kasb-hunar va oliy ta'limga o'qitish tajribasi o'rganildi•Jizzax politexnika institutida navbatdagi Ma'rifat darsi bo'lib o'tdi•Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Osiyoning eng yaxshi OTMlari qatoridan joy oldi•O'zbekistondagi 38 ta oliy ta'lim muassasasi nufuzli Osiyo reytingidan joy oldi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi•Nukus davlat pedagogika institutida “Eng innovatsion g'oya” tanlovi o'tkazildi•Andijon davlat pedagogika institutida xotin-qizlar ta'limi va faolligini qo'llab-quvvatlash borasida qanday ishlar bajarilmoqda?•Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingida kuchli yetmishlikka kirdi

Farg'onada muddatli harbiy xizmatchilarni kasb-hunar va oliy ta'limga o'qitish tajribasi o'rganildi

Oliy Majlis Senati ishchi guruhi Sharqiy harbiy okrugda muddatli harbiy xizmatchilarni kasbga o'qitish va oliy ta'limga tayyorlash jarayonlari bilan tanishdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Oliy Majlis Senati ishchi guruhi Sharqiy harbiy okrugda muddatli harbiy xizmatchilarni kasbga o'qitish va oliy ta'limga tayyorlash yo'nalishidagi ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg'ona viloyatida bo'ldi.

Safar davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondonining bu boradagi topshiriqlari ijrosi, askarlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularni kasb-hunarga o'rgatish hamda oliy ta'limga yo'naltirish tizimi ko'zdan kechirildi. Sharqiy harbiy okrug boshqaruv apparatida o'tkazilgan yig'ilishda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar taqdim etildi.

"Bitta askar — bitta kasb" tamoyili

Reklama

Ma'lum qilinishicha, okrugda harbiy xizmatchilarning qiziqish va qobiliyatidan kelib chiqib, "Bitta askar — bitta kasb" tamoyili asosida turli yo'nalishlarda o'quv guruhlari tashkil etilgan. Uch oydan olti oygacha davom etadigan mashg'ulotlarga texnikum o'qituvchilari va malakali mutaxassislar jalb qilingan. Farg'ona garnizonida yo'lga qo'yilgan tartibga ko'ra, harbiy xizmatchilar nazariy bilimlarni harbiy qismlarda, amaliy ko'nikmalarni esa texnikumlarda egallamoqda. Jumladan, 4-sonli texnikum bilan hamkorlikda chilangarlik, tokarlik va elektr montaj yo'nalishlari bo'yicha kasbga o'qitish yo'lga qo'yilgan.

Oliy ta'lim va sertifikatlar

Joriy yilning iyul oyida oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida qatnashgan 217 nafar askarning 176 nafari 41 ta oliy ta'lim muassasasiga o'qishga qabul qilingan. Ular ayni paytda harbiy xizmatni davom ettirish bilan birga onlayn mashg'ulotlarda ham ishtirok etmoqda.

Ishchi guruh a'zolari Farg'ona shahridagi 4-sonli texnikumda askarlar uchun tashkil etilgan kasb-hunar mashg'ulotlari, o'quv xonalari va amaliy mashg'ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan askarlarga sertifikatlar topshirish marosimida qatnashdi. Tashrif doirasida harbiy qismlardan biridagi o'q otish tiri faoliyati o'rganilib, jangovar tayyorgarlik mashg'ulotlari kuzatildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi