Tezkor
•Andijon shahridagi maktabda o'quvchilarning bilim va kasb-hunar ko'nikmalari oshirilmoqda•Qo'qon davlat universitetida ilmiy salohiyat va raqamli ta'lim muhiti kengaymoqda•Farg'onada muddatli harbiy xizmatchilarni kasb-hunar va oliy ta'limga o'qitish tajribasi o'rganildi•Jizzax politexnika institutida navbatdagi Ma'rifat darsi bo'lib o'tdi•Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Osiyoning eng yaxshi OTMlari qatoridan joy oldi•O'zbekistondagi 38 ta oliy ta'lim muassasasi nufuzli Osiyo reytingidan joy oldi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi•Nukus davlat pedagogika institutida “Eng innovatsion g'oya” tanlovi o'tkazildi•Andijon davlat pedagogika institutida xotin-qizlar ta'limi va faolligini qo'llab-quvvatlash borasida qanday ishlar bajarilmoqda?•Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingida kuchli yetmishlikka kirdi•Andijon shahridagi maktabda o'quvchilarning bilim va kasb-hunar ko'nikmalari oshirilmoqda•Qo'qon davlat universitetida ilmiy salohiyat va raqamli ta'lim muhiti kengaymoqda•Farg'onada muddatli harbiy xizmatchilarni kasb-hunar va oliy ta'limga o'qitish tajribasi o'rganildi•Jizzax politexnika institutida navbatdagi Ma'rifat darsi bo'lib o'tdi•Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Osiyoning eng yaxshi OTMlari qatoridan joy oldi•O'zbekistondagi 38 ta oliy ta'lim muassasasi nufuzli Osiyo reytingidan joy oldi•Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi boshlandi•Nukus davlat pedagogika institutida “Eng innovatsion g'oya” tanlovi o'tkazildi•Andijon davlat pedagogika institutida xotin-qizlar ta'limi va faolligini qo'llab-quvvatlash borasida qanday ishlar bajarilmoqda?•Central Asian University QS Asia University Rankings 2027 reytingida kuchli yetmishlikka kirdi

Qo'qon davlat universitetida ilmiy salohiyat va raqamli ta'lim muhiti kengaymoqda

Qo'qon davlat universitetida ilmiy tadqiqotlar, talabalar bandligi, raqamli boshqaruv tizimlari va xalqaro hamkorlik yo'nalishlarida muhim natijalarga erishilmoqda.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarining taraqqiyoti ularning inson kapitalini rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi, ilmiy izlanishlari va zamonaviy ta'lim muhiti bilan belgilanmoqda. Qo'qon davlat universitetida ham ta'lim va ilm-fanni uyg'un rivojlantirish, talabalar uchun imkoniyatlar yaratish hamda boshqaruv jarayonlarini zamonaviylashtirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ilm-fan va ilmiy salohiyat

Universitetda ilmiy faoliyatni rivojlantirish va yosh tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, dissertatsiya himoyalari sonida sezilarli o'sish kuzatildi. Agar 2024-yilda 22 ta dissertatsiya himoya qilingan bo'lsa, 2025-yilda bu ko'rsatkich 66 taga yetdi. Jumladan, 2025-yilda 8 ta fan doktori (DSc) va 58 ta falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Reklama

Shuningdek, xalqaro ilmiy bazalarda chop etilgan maqolalar soni 96 tadan 110 taga ko'tarildi. Xo'jalik shartnomalari asosida bajarilgan ilmiy ishlar tushumi esa 641 million so'mdan 660 million so'mga yetdi. Hozirgi kunda OTMda 5 ta ilmiy-tadqiqot va 4 ta innovatsion markaz, 3 ta dissertatsiya kengashi, 4 ta o'quv laboratoriyasi hamda Texnopark faoliyat yuritmoqda. Jarayonlarni raqamlashtirish maqsadida IKRP va "e-izlanuvchi" platformalari ishga tushirildi.

Bitiruvchilar bandligi va amaliyot

Ta'lim sifatining asosiy ko'rsatkichlaridan biri bu bitiruvchilarning bandligidir. 2024/2025-o'quv yilida bitiruvchilar bandligi 98,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2025/2026-o'quv yili bitiruvchilari bo'yicha 2026-yil 30-oktabr holatiga ko'ra, 4 566 nafar bitiruvchidan 4 232 nafari (92,7 foiz) ish bilan ta'minlandi. Ish beruvchilar o'tkazilgan so'rovnomada universitet kadrlarining tayyorgarligini yuqori baholagan.

Talabalarning amaliy ko'nikmalarini oshirish maqsadida 2026/2027-o'quv yilida 1 474 ta ta'lim tashkiloti bilan shartnomalar yangilandi. Shuningdek, 4 117 nafar talabaning amaliyoti "4+2" shaklida tashkil etilib, amaliyot.kokandsu.uz platformasi orqali nazorat qilib borilmoqda.

Raqamli boshqaruv va xalqaro aloqalar

Universitetda boshqaruv va ma'muriy xizmatlarni takomillashtirish uchun zamonaviy raqamli tizimlar joriy etilmoqda. CAMS tizimi orqali 145 ta akademik yo'nalish va magistratura mutaxassisligi, 441 ta o'quv reja, 3 367 ta fan dasturi hamda 1 041 ta individual ish rejasi boshqarilmoqda. Shuningdek, HEMIS, kutubxona tizimlari integratsiyasi va Registrator ofisi orqali 70 dan ortiq xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yildi.

Axborot-resurs markazi va uning to'rtta tarmoq kutubxonasida elektron xizmatlar kengaytirilib, foydalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Xalqaro hamkorlik doirasida esa aloqalar kengayib, 2024-yildagi 10 ta davlat qamrovi 2025-yilda 13 ta davlatga yetkazildi. Professor-o'qituvchilarning xorijiy OTMlarda malaka oshirishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi