Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijon davlat texnika institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlangan adabiy-musiqiy kecha o'tkazildi

Andijon davlat texnika institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag'ishlangan adabiy-musiqiy kecha bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bobur tavalludining 543 yilligi nishonlandi

Andijon davlat texnika institutida buyuk shoh va mutafakkir shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy, adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Talaba-yoshlar orasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, milliy musiqa san'atini targ'ib etish, uni asrab-avaylash hamda ulug' ajdodimizning ijodiy merosini o'rganishga bo'lgan qiziqishni kuchaytirishga qaratilgan ushbu tadbirda professor-o'qituvchilar va talabalar faol qatnashdi.

Tadbirning ochilish qismida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining viloyati bo'limi rahbari, shoira Xurshida Vahobjon qizi so'zga chiqib, Bobur Mirzoning hayoti va boy ijodi xususida to'xtaldi va uning g'azaliga bog'langan muhammasni o'qib berdi.

Mumtoz kuy va qo'shiqlar ijrosi

Kecha davomida O'zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon filiali san'atkorlari tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur g'azal va ruboiylari asosida yaratilgan kuy-qo'shiqlar jonli ijroda mahorat bilan yangradi. Bobur she'riyatining go'zal namunalari hamda mumtoz ohanglar yig'ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi.

Institut katta o'qituvchisi va Ma'naviyat targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Muhtarama Aliyeva o'zbek mumtoz musiqa san'ati taraqqiyotida shoirning ijodiy merosi muhim o'rin tutishini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, ulug' shoirning betakror asarlari asosida yaratilgan musiqiy durdonalar o'zining jozibali ohangi, chuqur falsafiy mazmuni hamda yuksak badiiy saviyasi bilan asrlar davomida muxlislarni bahramand etib kelmoqda. Mazkur adabiy-musiqiy tadbir yoshlarni milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi