Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Sirdaryolik maktab o'quvchisi AQSH universitetiga muddatidan oldin qabul qilindi

Guliston tumanidagi maktabning 11-sinf o'quvchisi AQSHning nufuzli Kolorado Davlat universitetiga talaba bo'ldi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 1-sonli umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi Sardorbek Xolyigitov AQSHning nufuzli oliy ta'lim maskanlaridan biri bo'lgan Kolorado Davlat universitetiga muddatidan oldin qabul qilindi. Iste'dodli o'quvchi 2026 yil kuzgi semestrdan boshlab ushbu oliygohning bakalavriat bosqichida o'qishni boshlaydi.

Sardorbekning bu yutug'i uning ko'p yillik mehnati, o'z ustida tinimsiz ishlashi hamda xalqaro ta'lim tizimiga bo'lgan intilishining samarasi hisoblanadi. Uning so'zlariga ko'ra, xorijiy universitetga hujjat topshirish jarayoni katta tajriba maktabi bo'lgan va bu maqsad sari uzoq vaqtdan beri harakat qilib kelgan.

Yutuq va rejalar

Quvonchli voqea munosabati bilan tuman hokimining o'rinbosari Xurshid Chelibayev hamda tuman maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri Dilmurod Qodirqulov o'quvchi bilan uchrashuv o'tkazdi. Muloqot davomida yosh iqtidor egasining kelajakdagi rejalari, xalqaro tajriba orqali zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Sardorbek chet elda olgan bilim va tajribasini kelgusida yurtimizda qo'llashni hamda yoshlar uchun foydali tashabbuslar bilan chiqishni niyat qilganini ta'kidladi. Mas'ullar esa bu muvaffaqiyat boshqa o'quvchilar uchun ham katta ibrat ekanini qayd etib o'tdilar.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi