Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Andijonda talabalarni yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta'minlash uchun maxsus markaz ish boshladi

Andijon viloyatida oliy o'quv yurtlari talabalarini turar joy bilan ta'minlash va ularga ko'maklashish uchun ma'lumotlar markazi tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Andijon viloyatida oliy o'quv yurtlari talabalarini yotoqxona hamda turar-joy bilan ta'minlash borasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda viloyatdagi 11 ta davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalarida 60 ming nafardan ziyod yoshlar tahsil olmoqda. Ularning 10 ming nafarga yaqini oliygohlarga qarashli talabalar turar joylarida yashaydi. Shuningdek, bir qism talabalar institutlarga yaqin hududlardagi xonadonlarda ijara asosida istiqomat qilmoqda va ularning ma'lum qismiga oliy o'quv yurtlari tomonidan byudjet mablag'lari hisobidan ijara pullarining 50 foizi to'lab berilmoqda.

Talabalarning turar joyga bo'lgan ehtiyoji

Ayni paytda Andijon davlat tibbiyot institutida 11 ming nafarga yaqin talaba o'qiydi. Ularning aksariyati institut tasarrufidagi 5 ta talabalar yotoqxonasida yashaydi. O'tkazilgan o'rganishlar natijasida bugungi kunga kelib 1 ming 862 nafar institut talabasining yotoqxona va ijara xonadonga ehtiyoji borligi aniqlandi.

Yangi markaz faoliyati

Yangi o'quv yili oldidan talabalar hamda ushbu yili o'qishga qabul qilinadigan yoshlarning turar joy bilan bog'liq masalalarini hal etishda ko'maklashish maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo'yicha ma'lumotlar markazi” tashkil etildi. Endilikda talabalar institut yotoqxonasidan joy olish yoki o'zlariga qulay hududlardan ijara xonadon topishda ushbu markaz xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Hozirda markaz o'z faoliyatini belgilangan tartibda olib bormoqda va talabalarga taklif etilayotgan ijara xonadonlari hamda ijara masalalari bo'yicha zarur ma'lumotlar, taklif va tavsiyalar bermoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi