Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

AQSHning Yuta universiteti bilan ilm-fan va ta'lim sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Oliy ta'lim vazirligi o'rinbosari AQSHdagi Yuta universiteti delegatsiyasi bilan qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari O'ktam Salomov AQSHning nufuzli ta'lim dargohlaridan biri sanalgan Yuta universiteti xalqaro hamkorlik bo'yicha katta mas'ul xodimi Rendi Makkrillis boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish, xususan, muhandislik, konchilik, materialshunoslik va zamonaviy texnologiyalar yo'nalishlarida qo'shma ta'lim dasturlarini hayotga tatbiq etish masalalari atroflicha ko'rib chiqildi. Xorijiy delegatsiya tarkibidan materialshunoslik va konchilik muhandisligi sohalarining yetakchi rahbar hamda ekspertlari o'rin olgan edi.

Global ta'lim va tadqiqotlar universiteti loyihasi

Muloqot davomida O'zbekistonda barpo etilayotgan Global ta'lim va tadqiqotlar universitetini rivojlantirish jarayoniga Yuta universitetining ilg'or akademik dasturlari hamda xalqaro tajribasini tatbiq etish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, sanoat tarmoqlari va muhandislik sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, innovatsion loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar ta'lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish tarmoqlari o'rtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Akademik almashinuv va hamkorlik istiqbollari

Uchrashuv yakunida talabalar hamda professor-o'qituvchilarning akademik almashinuvini yo'lga qo'yish, qo'shma ta'lim loyihalari va ilmiy tadqiqot tashabbuslarini rivojlantirish har ikki tomon uchun ham manfaatli ekani alohida ta'kidlandi. Eslatib o'tamiz, 1850-yilda tashkil etilgan Yuta universiteti AQSHdagi yetakchi tadqiqot universitetlaridan biri bo'lib, axborot texnologiyalari, tibbiyot, muhandislik, konchilik hamda materialshunoslik yo'nalishlaridagi kuchli ilmiy maktablari bilan xalqaro miqyosda yaxshi tanilgan va nufuzli reytinglarda yuqori o'rinlarni egallab keladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi