Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Avangard pedagogika yoshlar tarbiyasi va ijtimoiylashuvining innovatsion modeli sifatida

Toshkentda zamonaviy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish va yoshlar tarbiyasiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bugungi raqamli transformatsiya sharoitida ta'lim tizimi oldiga o'quvchilarga shunchaki bilim ulashish emas, balki ularni mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy faol, moslashuvchan va mas'uliyatli shaxs sifatida shakllantirish vazifasi qo'yilmoqda. Shu maqsadda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Avangard pedagogika: yoshlar tarbiyasi va ijtimoiylashuvining innovatsion modellari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Kompetensiyaviy yondashuv va raqamli texnologiyalar

Anjumanda yoshlar tarbiyasi va ijtimoiylashuviga doir nazariy hamda amaliy masalalar chuqur tahlil qilindi. Zamonaviy pedagogika yoshlarni tanqidiy fikrlashga qodir, axborotni saralay oladigan va ijtimoiy mas'uliyatni his etadigan qilib tarbiyalashni ko'zda tutishi ta'kidlandi. Tadbirda alohida urg'u berilgan masalalardan biri kompetensiyaviy yondashuv bo'ldi. Ushbu yondashuv o'quvchilarda amaliy ko'nikmalar, muammolarni hal qilish qobiliyati va kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, xalqaro ekspertlar raqamli texnologiyalarni ta'lim jarayoniga integratsiya qilish masalasiga ham alohida to'xtalib o'tdilar. Sun'iy intellekt, onlayn ta'lim platformalari va interaktiv metodlar o'quv jarayonini samarali va qiziqarli qilish imkonini bermoqda. Raqamli pedagogika o'qitish metodologiyasini yangilashni talab etib, unga ko'ra o'qituvchi endilikda bilim beruvchi emas, balki yo'naltiruvchi vazifasini bajarishi zarurligi qayd etildi.

Individual xususiyatlar va ta'limni modernizatsiya qilish

Konferensiya doirasida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan o'quvchilar bilan ishlash masalasi ham muhokama markazida bo'ldi. Zamonaviy ta'lim tizimi har bir shaxsning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim berishni talab etadi. Mazkur xalqaro anjuman ta'lim tizimini modernizatsiya qilish yo'lida muhim bosqich bo'lib, innovatsion pedagogik yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiluvchi samarali platforma vazifasini bajardi va yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo'lidagi muhim yo'nalishlarni belgilab berdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi