Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida FVV Akademiyasi vakili ishtirokida uchrashuv o'tkazildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida FVV Akademiyasi vakili ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Rekrutment bo'limi boshlig'i, polkovnik Umidjon Hamdamov ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda universitetning kimyo-texnologiya, fizika, arxitektura, qurilish, sanoat-texnologiya, geografiya va tabiiy resurslar hamda biologiya fakultetlarida tahsil olayotgan yoshlar qatnashdi. Muloqot davomida polkovnik Umidjon Hamdamov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida yaratilgan sharoitlar, ta'lim jarayonining o'ziga xos xususiyatlari hamda 2+2 ta'lim tizimi haqida batafsil tushuntirish berdi. Shuningdek, harbiy kasbning mashaqqatli va sharafli ekani, bu sohada faoliyat yuritish yuksak jismoniy tayyorgarlik, chuqur bilim, mardlik va Vatanga sadoqat talab etishini alohida ta'kidladi.

Talabalar harbiy liboslarni sinab ko'rishdi

Tadbirning eng qiziqarli qismlaridan biri talabalarning harbiy liboslarda o'zlarini sinab ko'rish jarayoni bo'ldi. Polkovnik Umidjon Hamdamov ishtirokchilarni harbiy liboslar bilan yaqindan tanishtirdi va bu holat yoshlarda katta qiziqish uyg'otdi. Tadbir yakunida esa uni tashkil etishda faollik ko'rsatgan yoshlar va tashkilotchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Ushbu uchrashuv talabalarni FVV Akademiyasidagi o'qish imkoniyatlari bilan tanishtirish, ularning harbiy sohaga bo'lgan qiziqishini oshirish va Vatan oldidagi burch tuyg'usini yanada mustahkamlashga qaratildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi