Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

BuxDU bitiruvchulari uchun o'tkazilgan muloqotda yoshlar bandligi ta'minlandi

Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan hokim va yoshlar uchrashuvida bitiruvchi talabalarga ish takliflari berildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Bugungi kunda yoshlarning munosib ta'lim olishi bilan bir qatorda ularning bandligini ta'minlash, mehnat bozorida o'z o'rnini topishi va kelajakka ishonch bilan qadam qo'yishi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Ayniqsa, oliy ta'lim muassasalarini tamomlayotgan bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

BuxDUda tashkil etilgan muloqot

Ana shu maqsadlar yo'lida Buxoro davlat universitetida Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov ishtirokida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ochiq muloqot shaklida o'tgan tadbirda universitet rektori Obidjon Hamidov, tuman mutasaddilari, yirik korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda bitiruvchi talabalar qatnashdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni munosib ish o'rinlariga yo'naltirish, mehnat bozoridagi imkoniyatlar bilan tanishtirish hamda tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashdan iborat bo'ldi.

Muloqot davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Yoshlarning mehnat faoliyati, tadbirkorlik tashabbuslari, ta'limni davom ettirish rejalari va kelajakdagi maqsadlari muhokama qilindi. Har bir murojaatga amaliy yondashuv asosida munosabat bildirildi.

Amaliy natijalar va ish takliflari

Tadbirning eng yorqin voqealaridan biri Iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi Farrux Fattuloyev bilan bog'liq bo'ldi. U magistratura bosqichida o'qish bilan birga bank sohasida amaliy tajriba to'plash istagini bildirdi. Uning murojaati tuman hokimi va mutasaddilar tomonidan ko'rib chiqilib, Buxoro tumani Agrobank filiali tomonidan ish taklifi berildi. Bu esa uchrashuv yoshlar taqdiriga daxldor amaliy maydon ekanini isbotladi.

Uchrashuv davomida yana bir qator bitiruvchi talabalar o'z mutaxassisliklari va qiziqishlariga mos bo'lgan bo'sh ish o'rinlariga yo'naltirildi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mehnat bozori talablariga mos kadrlarni tayyorlash va ularni ish bilan ta'minlash iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Bunday muloqotlar ta'lim bilan ishlab chiqarish o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi