Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoro davlat texnika universiteti talabalari “Asia Trans Gas” korxonasida amaliyot o'tashdi

Buxoro davlat texnika universitetining 24 nafar talabasi iyun oyi boshida “Asia Trans Gas” MCHJ QKda ishlab chiqarish amaliyotini yakunladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Iyun oyi boshida Buxoro davlat texnika universitetining 24 nafar talabasi “Asia Trans Gas” MCHJ QKda ishlab chiqarish amaliyotini muvaffaqiyatli yakunladi. Mazkur safar oliy ta'lim muassasasi va korxona o'rtasidagi kadrlar tayyorlash bo'yicha samarali hamkorligining hamda O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi energetika sohasidagi aloqalarning yorqin namunasidir.

Amaliyot jarayoni va treninglar

Ikki haftalik dasturning ilk kunida yoshlar korxona rahbariyati bilan uchrashishdi. 14 kun davomida talabalar BMGQBB Texnik masalalar bo'limi, Ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish markazi hamda laboratoriyaga tashrif buyurishdi. Shuningdek, ular sanoat xavfsizligi, uskunalardan foydalanish hamda ishlab chiqarish jarayonlari bo'yicha maxsus treninglarda ishtirok etib, nazariy bilimlarini mustahkamlashdi.

Raqamli texnologiyalar va stansiyaga tashrif

Talabalar Markaziy dispetcherlik boshqarmasida bo'lib, gaz quvurlari tizimini real vaqt rejimida monitoring qilish tamoyillari bilan tanishishdi. Operatorlarning ish jarayoni, avtomatlashtirish va dispetcherlik nazorat tizimlarini o'rganish kelajakdagi mutaxassislarga energetika xavfsizligida raqamli texnologiyalarning o'rnini anglashga ko'maklashdi. Shuningdek, WKC-2 kompressor stansiyasiga uyushtirilgan tashrif chog'ida yoshlar asosiy ishlab chiqarish uskunalari, kompressor agregatlari hamda elektr uskunalari ishlash tamoyillari bilan yaqindan tanishdilar.

Korxona mutaxassislari talabalar bilan muloqot qilib, kasbiy rivojlanish istiqbollari va texnologik tendensiyalar haqida fikr almashdilar. Bunday hamkorlik kelgusida mintaqa energetika tarmog'ini malakali kadrlar bilan ta'minlashga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi