Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoro davlat texnika universitetida inklyuziv ta'lim va IT markazi faoliyati o'rganildi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi markaz ishini ko'zdan kechirdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Buxoro davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oliygoh qoshida tashkil etilgan Xotin-qizlar va yoshlar uchun IT hamda muhandislik inklyuziv ta'lim markazining ishlari bilan yaqindan tanishildi. Mazkur maskanda yaratilgan shart-sharoitlar, innovatsion yondashuvlar hamda talabalar tomonidan bajarilayotgan ilg'or loyihalar e'tirof etildi.

Markaz faoliyatining asosiy yo'nalishlari qatoriga inklyuziv ta'lim, raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt va startap ekotizimini rivojlantirish kabi vazifalar kiritilgan. Xususan, nogironligi bo'lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy IT infratuzilmasi hamda innovatsion muhitga yuqori baho berildi. Markazda talabalar tomonidan yaratilgan bir qator amaliy loyihalar va sun'iy intellektga asoslangan dasturiy yechimlar taqdimoti o'tkazildi.

Talabalar loyihalari va raqamli yechimlar

Ta'qdim etilgan ishlanmalar orasida “VoiceUP” ovozli boshqaruv tizimi, “Raqamli maktab” ta'lim platformasi, turizmga mo'ljallangan “Safar Line” hamda “LoadBoard” logistika platformasi mehmonlarda katta qiziqish uyg'otdi. Mazkur platformalar biznes, xizmat ko'rsatish va ta'lim jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, talabalar xavfsizligini ta'minlovchi raqamli nazorat dasturlari, elektron kutubxona va talabalar bandligini monitoring qilish tizimi ham namoyish etildi.

Laboratoriyalar va yoshlar bilan muloqot

Tashrif doirasida robototexnika va IT integratsiyasi, 3D modellashtirish va VR, media ishlab chiqarish hamda sun'iy intellekt yordamida xorijiy tillarni o'qitishga ixtisoslashgan laboratoriyalar ko'zdan kechirildi. Bu kabi laboratoriyalar yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, innovatsion fikrlashi va amaliy ko'nikmalarini oshirishda xizmat qiladi. Shuningdek, yosh innovatorlar va startap jamoalari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ilmiy ishlanmalar, g'oyalar va ularni amaliyotga tatbiq etish bo'yicha takliflar muhokama qilindi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi