Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoro davlat tibbiyot instituti nufuzli xalqaro reytingda 11-o'rinni qo'lga kiritdi

Buxoro davlat tibbiyot instituti HE Higher Education Ranking – 2026 natijalariga ko'ra xalqaro reytingda 8515 ball to'plab, 11-o'rinni egalladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamladi. “HE Higher Education Ranking – 2026” xalqaro reytingi natijalariga ko'ra, mazkur oliy ta'lim muassasasi 8515 ball to'plagan holda umumiy ro'yxatda 11-o'rinni egallashga sazovor bo'ldi. Shuningdek, institut O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari orasida 2-o'rinni qayd etib, milliy ta'lim tizimidagi yetakchilaridan biri ekanini yana bir bor isbotladi.

Xalqaro reyting natijalari va ishtirokchilar

Joriy yilda o'tkazilgan nufuzli reytingda dunyoning turli davlatlaridan jami 507 ta oliy ta'lim muassasasi o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazdi. O'zbekistondan jami 18 ta oliy o'quv yurti qatnashib, ulardan Buxoro davlat pedagogika instituti 41-o'rinni, Buxoro davlat universiteti 63-o'rinni va Toshkent tibbiyot akademiyasi 458-o'rinni egalladi. Reytingdagi eng yuqori ko'rsatkich Buyuk Britaniyaning “Sattan Aston College London” ta'lim muassasasiga nasib etib, u 9543 ball bilan peshqadamlikni qo'lga kiritdi.

Yillar kesimidagi o'sish dinamikasi

Buxoro davlat tibbiyot instituti so'nggi yillarda mazkur nufuzli ro'yxatdagi o'rnini izchil ravishda yaxshilab kelmoqda. Xususan, institut 2024-yilda 69-o'rinni, 2025-yilda 49-o'rinni egallagan bo'lsa, 2026-yilga kelib 11-pog'onaga ko'tarilishga erishdi. Ma'lumot uchun, “HE Higher Education Ranking” universitvlarning boshqaruv samaradorligi, ta'lim jarayoni sifati, ilmiy faoliyat, xalqaro aloqalar, ochiqlik va jamiyatga ta'siri kabi muhim mezonlar asosida baholovchi mustaqil tizim hisoblanadi. Baholash jarayonida 25 ta ko'rsatkich inobatga olinib, yakuniy natijalar 10 ming ballik tizim asosida shakllantiriladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi