Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoroda qo'shimcha ta'lim yo'nalishidagi rahbarlar uchun maxsus forum bo'lib o'tdi

Buxoro viloyatida Respublika “Kelajak” markazi tashabbusi bilan “Kelajak direktorlari forumi – 2026” tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Buxoro viloyatida Respublika “Kelajak” markazi tashabbusi bilan “Qo'shimcha ta'lim: Kelajak direktorlari forumi – 2026” tashkil etildi. Mazkur tadbirda yurtimizning barcha shahar va tumanlaridagi “Kelajak” markazlari rahbarlari, inson resurslarini boshqarish bo'yicha bosh mutaxassislar hamda mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi. Anjuman qo'shimcha ta'lim sohasida mehnat qilayotgan rahbar kadrlarning malakasini yuksaltirish, ilg'or tajribalarni o'rtoqlashish hamda tarmoq faoliyatini yanada takomillashtirishga zamin yaratdi.

Saralash jarayonlari va ko'rsatkichlar

Tadbir davomida hududiy markazlar rahbarlari Respublika “Kelajak” markazi tomonidan ikki bosqichli va ikki mavsumdan iborat maxsus tanlov asosida saralab olingani qayd etildi. Nomzodlar o'z arizalarini tanlov.uzedu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshirgan. Birinchi mavsumda har bir bo'sh o'rin uchun o'rtacha 18 nafardan da'vogar to'g'ri kelgan bo'lsa, ikkinchi mavsumda bu raqam qariyb 28 nafarga yetgani ta'kidlandi.

Istiqboldagi vazifalar va mahorat darslari

Yig'ilishda maktab o'quvchilarini darsdan tashqari to'garak va tashkilotlarga keng jalb qilish, ularning bo'sh vaqtini unumli tashkil etish yo'nalishida bajarilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi muhim vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, Buxoro viloyati “Kelajak” markazining ish tajribasi yaqindan o'rganildi. Forum dasturidan tajribali mutaxassislar va mentorlar ishtirokidagi ma'ruza hamda amaliy mashg'ulotlar o'rin oldi. Ishtirokchilar rahbarlik kompetensiyalari, normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, strategik boshqaruv, zamonaviy o'quv dasturlarini joriy etish, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash yo'nalishlarida bilimlarini oshirdilar. Tadbir doirasida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova ham ishtirokchilar bilan yuzma-yuz muloqot o'tkazdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi