Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxorolik maktab direktorlari Xitoy ta'lim tajribasini o'rganmoqda

Buxoro viloyatining ilg'or maktab direktorlari Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirib, ilg'or ta'lim va boshqaruv tajribasini o'rganishmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Buxoro viloyatining bir guruh ilg'or maktab direktorlari Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari uyushtirib, u yerdagi ilg'or ta'lim tajribasini o'rganishmoqda. Mazkur tashrif "Bir makon, bir yo'l" yuqori malaka oshirish kursi doirasida tashkil etilgan bo'lib, xorijiy tajribalarni o'zlashtirish va ularni Buxoro viloyati ta'lim tizimiga moslashtirib amaliyotga tatbiq etishni maqsad qilgan.

O'quv kursi va Anqing Normal universiteti

Delegatsiyaning safari Anqing Normal universitetida o'quv kursining ochilish marosimi bilan boshlandi. Unda Xitoy ta'lim tizimining taraqqiyot tamoyillari, islohotlarning mazmun-mohiyati hamda ta'lim sifatini oshirishda maktabni samarali boshqarish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar zamonaviy maktab direktori shunchaki ma'mur emas, balki ta'lim muassasasining taraqqiyot strategiyasini belgilovchi, jamoani birlashtiruvchi rahbar bo'lishi lozimligini ta'kidladilar.

Tongcheng o'rta maktabidagi amaliy tanishuv

Safarning ikkinchi kunida buxorolik rahbarlar Anhui provinsiyasidagi Tongcheng o'rta maktabiga bordilar. 1902-yilda asos solingan ushbu dargohda 55 ta sinfda 2 ming 700 nafardan ortiq o'quvchi tahsil olmoqda, 230 nafardan ziyod pedagog faoliyat yuritadi. Maktabda zamonaviy o'quv jarayonlari axloqiy, jismoniy tarbiya hamda san'at bilan uyg'unlashtirilgan bo'lib, o'quvchining shaxs sifatida kamol topishi uchun yaxlit muhit yaratilgan.

Delegatsiya a'zolari dars jarayonlari, o'quvchilarning faoliyati bilan tanishib, mahalliy o'qituvchilar bilan fikr almashdilar. Shuningdek, ishtirokchilar "Liu Chi Xiang" tarixiy ko'chasida ham bo'lib, madaniy qadriyatlar va hamjihatlik g'oyalari bilan tanishdilar. Buxorolik direktorlarning Xitoydagi safari davom etmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi