Nukus shahrida III xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilari kutib olindi
Nukus shahrida boshlanadigan III xalqaro kimyo olimpiadasi uchun xorijiy davlatlar delegatsiyalari yetib keldi.

Joriy yilning 3-10-noyabr kunlari Qoraqalpogiston Respublikasining Nukus shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi o'tkaziladi. Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 32 ta davlatidan kelgan maktab o'quvchilari kimyo fanidan o'zlarining nazariy bilimlari hamda amaliy ko'nikmalarini namoyon etishadi.
Delegatsiyalarning tashrifi
Nukus xalqaro aeroportida musobaqada qatnashish uchun tashrif buyurgan Turkiya, Iordaniya, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Isroil, Malayziya, Rossiya, Mo'g'uliston, Qozog'iston delegatsiyalari va O'zbekiston terma jamoasi tantanali ravishda kutib olindi.
Kutib olish jarayonidagi rasmiy shaxslar
Tadbirda Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorg'i Kengesi qo'mitasi raisi Murat Atamuratov, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o'rinbosari Bayram Otemuratov va Fan olimpiadalari markazi direktori To'raboy Shermatov qatnashishdi. Ular mehmonlarga samimiy tilaklar bildirib, barcha ishtirokchilarga bo'lajak bellashuvlarda omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.
Ayni paytda xalqaro olimpiada ishtirokchilarini kutib olish jarayonlari davom etmoqda.
Manba: UzA



