Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Dunyo mamlakatlarida universitetlar va akademik erkinlik darajasi qanday?

Visual Capitalist e'lon qilgan V-Dem Akademik erkinlik indeksi natijalariga ko'ra dunyo mamlakatlarida universitetlar mustaqilligi baholandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Visual Capitalist e'lon qilgan infografikada 2025-yil uchun V-Dem Akademik erkinlik indeksi asosida dunyo mamlakatlarida ilmiy muassasalar va universitetlar davlat hamda boshqa institutlar aralashuvidan qanchalik himoyalangani taqdim etildi. Tadqiqotga ko'ra, akademik erkinlik bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichni Chexiya qayd etib, 0,98 ball bilan reytingda birinchi o'rinni egalladi. Shuningdek, Estoniya 0,97 ball bilan ikkinchi, Belgiya 0,95 ball bilan uchinchi va Sloveniya 0,94 ball bilan to'rtinchi o'rinlarni band etdi.

Yetakchi davlatlar va avtonomiya kafolati

Reytingning yuqori qismi asosan Yevropa mamlakatlaridan tarkib topgan. Shu bilan birga, Chili va Kosta-Rika ham iqtisodiy jihatdan badavlat bo'lgan ko'plab davlatlarni ortda qoldirib, yetakchi o'rinlarga chiqdi. Mutaxassislar buni Lotin Amerikasining ayrim davlatlarida universitetlar avtonomiyasi Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo'yilgani bilan tushuntiradi. Shuningdek, Yamayka va Seyshel orollari ham yuqori natijalarni qayd etdi. Bu holat akademik erkinlikni ta'minlashda iqtisodiy qudratdan ko'ra huquqiy kafolatlar va mustaqil institutlar muhimroq ekanini tasdiqlaydi.

Quyi o'rinlar va erkinliklarning qisqarishi

Tadqiqot natijalariga ko'ra, reytingning quyi qismidan Xitoy, Eron, Myanma va Nikaragua joy olgan. Ushbu mamlakatlarda universitetlar va olimlar faoliyati qat'iy davlat nazorati ostida ekani qayd etilgan. Xususan, Xitoyda auditoriyalarga videokuzatuv tizimlari o'rnatilgani, talabalar orqali axborot to'plash amaliyoti va kuchli mafkuraviy nazorat joriy etilgani sababli so'nggi o'n yilda akademik erkinlik qariyb 40 foizga kamaygan. Hindistonda ham akademik erkinlik eng tez pasaygan davlatlardan biri sifatida ko'rsatib o'tildi. Bosh vazir Narendra Modi rahbarligi davrida maktab darsliklariga o'zgartirishlar kiritilib, mamlakat tarixining ayrim bo'limlari qayta yozildi. Rasmiy siyosatga zid fikr bildirgan olimlar bosim va tahdidlarga duch kela boshladi. Oliy ta'lim tizimidagi muammolar 2026-yilda NEET-UG tibbiyot yo'nalishiga qabul imtihoni savollari tarqalib ketgani sababli bekor qilinganidan keyin boshlangan ommaviy talabalar namoyishlari fonida yanada keskinlashdi. Bu noroziliklar ta'lim vaziri Dxarmendra Pradxanning iste'fosiga olib keldi. Mualliflar tadqiqot natijalari akademik erkinlik darajasi siyosiy qarorlar va qonunchilikdagi o'zgarishlar ta'sirida qisqa muddat ichida ham sezilarli darajada o'zgarishi mumkinligini ko'rsatishini ta'kidlashgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi