Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun davlat granti kvotalari ikki barobar oshiriladi

Yangi o'quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun ajratiladigan davlat granti kvotalari 4 mingtaga yetkaziladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Yangi o'quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun ajratiladigan davlat granti kvotasi ikki barobar oshirilib, 4 mingga yetkazilishi belgilandi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Ko'ksaroy qarorgohida tashkil etilgan bayram tadbirida ma'lum qildi.

Talaba qizlar va ilmiy salohiyat

Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlarning soni 904 mingdan oshib, jami talabalarning 54 foizini tashkil etmoqda. O'tgan yili 60 nafar o'zbekistonlik qiz dunyoning eng nufuzli oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirgani alohida ta'kidlandi. Shuningdek, stajyor-tadqiqotchilar va doktoranturada tahsil olayotganlarning 8,5 ming nafari, ya'ni 61 foizi xotin-qizlar ekani qayd etildi.

Yangi imtiyozlar va qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari

  • Top 300 talikdagi oliygohlar bilan qo'shma ta'lim asosida magistratura bosqichida ta'lim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to'lab beriladi.
  • Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida kamida 10 ta yo'nalish bo'yicha startap tanlovlari o'tkaziladi. Har bir yo'nalish g'olibiga Innovatsiya jamg'armasidan 500 million so'mgacha grant ajratilishi belgilangan.
  • Maktabning 11-sinfini tamomlab, davlat texnikumlariga o'qishga kirgan qizlarni kasbga o'qitish to'liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi