Fargona davlat texnika universiteti dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan otdi
Fargona davlat texnika universitetining 4 ta talim dasturi Yevropaning ASIIN tashkiloti tomonidan akkreditatsiyadan otkazildi.

Fargona davlat texnika universiteti xalqaro talim standartlarini joriy etish borasida muhim natijalarga erishdi. Oliy talim muassasasining to'rtta ta'lim yo'nalishi Yevropa Ittifoqining nufuzli tashkilotlaridan biri hisoblangan ASIIN akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi.
Xalqaro e'tirofga sazovor bo'lgan yo'nalishlar
Universitetda ta'lim sifatini oshirish hamda xalqaro talablarga moslashtirish yo'nalishida olib borilayotgan tizimli islohotlar o'z samarasini bermoqda. Jumladan, quyidagi mutaxassisliklar xalqaro baholash jarayonidan muvaffaqiyatli o'tdi:
- qurilish muhandisligi;
- geodeziya va geoinformatika;
- muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi;
- arxitektura yo'nalishlari.
Buyuk Britaniya tashkiloti bilan hamkorlik
Shu bilan bir qatorda, oliygoh Buyuk Britaniyaning nufuzli QAA tashkiloti ko'magida institutsional akkreditatsiyadan o'tish jarayonlarini izchil davom ettirmoqda. Hozirgi kunga qadar mazkur audit jarayonining dastlabki ikki bosqichi muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi. Ayni paytda uchinchi bosqich ishlarini amalga oshirish choralari ko'rilmoqda.
Manba: UzA



