O'zbekistonda pedagogik lavozimlarning rasmiy ro'yxati tasdiqlandi
Adliya vazirligi tomonidan barcha turdagi ta'lim tashkilotlari uchun jami 465 ta pedagogik lavozimlar ro'yxati davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Adliya vazirligi pedagogik faoliyat bilan bog'liq lavozimlar ro'yxatini davlat ro'yxatidan o'tkazdi. Mazkur hujjat 2026 yil 9 iyun kuni 3849-son bilan ro'yxatdan o'tgan.
Pedagogik lavozimlar ro'yxati
Yangi tasdiqlangan hujjatda maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasbiy va oliy ta'lim tashkilotlarida mavjud bo'lgan jami 465 ta pedagogik faoliyat bilan bog'liq lavozim belgilandi. Ushbu ro'yxatga professor, dotsent, katta o'qituvchi, kichik o'qituvchi, metodist, tarbiyachi, yo'riqchi, uslubchi va boshqa qator lavozimlar pedagogik lavozimlar sifatida kiritildi.
Eslatib o'tamiz, “Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonunga muvofiq, ta'lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ta'lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyat yurituvchi, tegishli ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega jismoniy shaxs pedagog hisoblanadi.
Manba: Kun.uz